Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi kelişuv böyiça muzokaralar dastlabki bosqiçda turibdi. Amaldagi hujjat 1996 yilda imzolangan va sönggi yillardagi hamkorlik darajasini özida aks ettirmaydi.
«Kelişuv Yevropa Ittifoqining Özbekiston bilan munosabatlarini mustahkamlaş nuqtai nazaridan juda muhim. Biz imzo qaçon qöyilişini aniq aytolmaymiz. Bu muzokaralarga, ular qanday ötişiga boğliq. Toşkentda biz yaxşi fikr almaşdik, yangi bitimning barça jihatlarini qamrab oldik», - deya aytib ötdi Yevropa Ittifoqining Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari böyiça Kengaşi işçi guruhi rahbari Yutta Edtxofer Kun.uz muxbiriga.

26 kişidan iborat Yevropa Ittifoqining Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari böyiça Kengaşi işçi guruhi muzokaraçilari yangi şeriklik va hamkorlik töğrisidagi kelişuv loyihasini muhokama qiliş, şuningdek, YeIning Markaziy Osiyo böyiça yangi Strategiyasi borasida fikr almaşiş maqsadida mamlakatda bir neça kun davomida böladi.
Özbekiston Yevropa Ittifoqiga 2017 yil iyul oyida taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning Bryusselga taşrifi çoğida yangi hamkorlik kelişuvini tuziş işlarini boşlaş böyiça taklif bergan.
Uning fikriga köra, 1996 yilda imzolangan kelişuvdan söng «dunyo özgardi» va şeriklar örtasidagi hamkorlik darajasi «mutlaqo boşqa darajaga» çiqdi.
«Bugun biz mutlaqo yangi, keng qamrovli dastur yaratdik. Bularning barçasi bizda hozirgi holatlarga mos bölgan jiddiy şartnomaviy-huquqiy bazani talab qiladi», - deya ta'kidlab ötdi vazir.
Yangi kelişuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka, şuningdek, gumanitar aloqalarga köproq e'tibor qaratiladi.
«Ehtimol, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik muammolari böyiça muntazam maslahatlaşuvlar böyiça ba'zi bandlar kiritilişi mumkin», - dedi Komilov.












