OAVda Yevropaning Amerikanikiga muqobil bölgan tinçlik rejasi e’lon qilindi
|18:41 / 24.11.202517 5327 min
Unda Ukraina qurolli kuçlarini qisqartirmaslik, Ukrainaning NATOga a’zoligini çeklamaslik, Rossiya aktivlarini esa yetkazilgan zarar qoplanmaguniça muzlatilgan holda qoldiriş taklif etilgan.
Foto: Michael Kappeler / dpa / Scanpix / LETAFoto: Michael Kappeler / dpa / Scanpix / LETA
Britaniyadagi The Telegraph gazetasi hamda Reuters agentligi Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya tomonidan amerikaliklarnikiga muqobil tarzda tayyorlangan tinçlik rejasini e’lon qildi. U AQŞ rejasi asosida tuzilgan, ammo ayrim bandlar böyiça jiddiy farqlanadi. Muhim farqlardan biri – Ukraina qurolli kuçlaridagi harbiylar miqdorini 600 ming kişigaça qisqartirmaslik talabidir. Bundan taşqari, Yevropa rejasida Ukrainaning NATOga kirişi taqiqlanmaydi (yakuniy qarorni «alyans içidagi konsensus»ga qarab qabul qiliş taklif qilinmoqda), şuningdek, uruş orqali yetkazilgan zarar qoplanmagunça Rossiya aktivlarini muzlatilgan holda qoldirişni nazarda tutadi. «Meduza» bu hujjat matnini ayrim qisqartirişlar bilan keltirdi.
AQŞ rejasidan asosiy farqlar
Ukraina armiyasi hajmi. Muhim farq – Ukraina qurolli kuçlaridagi harbiylar sonini 600 minggaça qisqartirmaslik talabi. Tinçlik davrida bu miqdor 800 minggaça bölişi kerak.
Hududlar. Bahsli hududlar böyiça muzokaralar hozirgi töqnaşuv çiziğiga asoslanişi kerak. Amerika rejasida esa faqat Xerson va Zaporijjya oblastlarini hozirgi çiziq böyiça böliş, Qrim, Luhansk va Donetskni esa de-fakto Rossiyaga tegişli deb tan oliş körsatilgandi.
Ukrainaning NATOga a’zoligi. Yevropa rejasi Ukrainaga NATOga qöşiliş böyiça mustaqil qaror qabul qilişni taqiqlamaslikni taklif qiladi. Bu alyans a’zolarining konsensusiga boğliq böladi.
Rossiyaning Yevropadagi aktivlarini Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplamagunça muzlatilgan holda qoldiriş taklif qilinmoqda. Amerika rejasida esa ularning bir qismini AQŞ va Rossiyaning qöşma loyihalariga yönaltiriş közda tutilgandi.
Ukrainadagi saylovlar tinçlik kelişuvi imzolanişidan keyin ötkazilişi kerak, ammo Amerika rejasidagi kabi 100 kun ötib emas, «imkon qadar tezroq».
Amnistiya. Yevropa rejasida uruş paytidagi harakatlar uçun barça tomonlarga amnistiya berilişi töğrisidagi band yöq.
Yevropa rejasi – töliq körinişda
Ukrainaning suvereniteti hurmat qilinadi va tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
Rossiya, Ukraina va NATO örtasida hujum qilmaslik böyiça töliq va keng qamrovli kelişuvga erişiladi. Sönggi 30 yildagi barça noaniq masalalar hal etiladi.
Agentlik muqobil versiyada uçinçi band olib taşlanganini alohida ta’kidlagan. AQŞ rejasidagi bu bandda şunday deyilgandi: «Rossiya qöşni davlatlarga bostirib kirmasligi, NATO esa bundan keyin kengaymasligi kerak».
Tinçlik şartnomasi imzolangandan söng, global xavfsizlikni ta’minlaş hamda aloqa va kelajakdagi iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini oşiriş uçun Rossiya va NATO örtasida barça xavfsizlik masalalarini körib çiqiş hamda deeskalatsiya muhitini yaratiş böyiça muloqot boşlanadi.
Ukraina işonçli xavfsizlik kafolatlari oladi.
Ukraina armiyasi miqdori tinçlik davrida 800 ming harbiy xizmatçi bilan çeklanadi.
Ukrainaning NATOga a’zoligi alyans a’zolari konsensusiga boğliq böladi (hozirda bunday konsensus yöq – hamma rozi emas).
NATO tinçlik davrida Ukraina hududida öz qömondonligi ostidagi qöşinlarni doimiy asosda joylaştirmaslikka rozi böladi.
NATO qiruvçi samolyotlari Polşada joylaştiriladi.
Amerika kafolatlari NATO nizomining 5-moddasiga öxşaş böladi (bu bandda şunday izohlar kiritilgan: a) AQŞ bunday kafolat taqdim etilişi uçun tovon puli oladi; b) Agar Ukraina Rossiyaga hujum qiladigan bölsa, kafolatdan mahrum böladi; c. Agar Rossiya Ukrainaga bostirib kiradigan bölsa, kuçli va muvofiqlaştirilgan harbiy javobdan taşqari, barça global sanksiyalar tiklanadi, yangi hududlar tan olinişi va bu kelişuvdan böladigan boşqa barça foydalar yöqqa çiqadi;
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş huquqi çeklanmaydi va bu masala körib çiqilayotgan vaqtda Yevropa bozoriga qisqa muddatli imtiyozli kiriş huquqiga ega böladi.
Ukrainani tiklaş böyiça kuçli global paket, jumladan, yuqori texnologiyali sohalarga sarmoya kiritiş uçun taraqqiyot jamğarmasini yaratiş, Ukraina gaz infratuzilmasini rivojlantiriş va undan foydalanişda AQŞ bilan hamkorlik qiliş, zarar körgan hududlarni tiklaş böyiça qöşma sa’y-harakatlar (kim bilanligiga aniqlik kiritilmagan) va Jahon bankining maxsus moliyaviy paketi.
Rossiya jahon iqtisodiyotiga bosqiçma-bosqiç qayta integratsiya qilinadi.
Ukraina töliq tiklanadi va moliyaviy kompensatsiya oladi, jumladan Rossiya suveren aktivlari hisobidan (ular Rossiya yetkazilgan zararni qoplamagunça muzlatib qöyiladi).
Kelişuvning barça bandlari amalga oşirilişini ta’minlaş uçun AQŞ, Ukraina, Rossiya va Yevropaning tört mamlakati iştirokida xavfsizlik böyiça qöşma işçi guruh tuziladi.
Rossiya qonunçiligida Yevropa va Ukrainaga hujum qilmaslik siyosati mustahkamlab qöyiladi.
AQŞ va Rossiya yadroviy qurollarni tarqatmaslik va qurollanişni nazorat qiliş böyiça şartnomalarni, şu jumladan Fair Start’ni uzaytirişga kelişib oladi.
Ukraina Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma doirasida yadroviy qurolsiz davlat bölib qolişini tasdiqlaydi.
Zaporijjya AES faoliyati Xalqaro atom energetikasi agentligi nazorati ostida qayta yölga qöyiladi, u yerda işlab çiqariladigan elektr energiyasi esa Rossiya va Ukraina örtasida teng taqsimlanadi.
Ukraina Yevroittifoqning diniy bağrikenglik va ozçilik qatlam tillarini himoya qiliş töğrisidagi qoidalarini qabul qiladi.
Ukraina okkupatsiya qilingan suveren hududlarini harbiy yöl bilan qaytarib olmaslik majburiyatini oladi. Hududiy almaşinuvlar böyiça muzokaralar frontning hozirgi çiziği böyiça olib boriladi.
Hududiy masalalar kelişilgandan söng Rossiya Federatsiyasi ham, Ukraina ham ularni kuç bilan özgartirmaslik majburiyatini oladi. Bu majburiyat buzilgan taqdirda xavfsizlik kafolatlari kuçini yöqotadi.
Rossiya Ukraina Dnipro daryosidan tijoriy maqsadlarda foydalanişiga tösqinlik qilmaydi va ğallani Qora dengiz orqali tösiqsiz olib ötiş böyiça kelişuvlarga erişiladi.
Asirlar, qölga olingan fuqarolarni almaşiş, oilalarni birlaştiriş va mojaro qurbonlariga yordam körsatiş böyiça qolgan masalalarni hal qiliş uçun gumanitar qömita tuziladi.
Tinçlik şartnomasi imzolangandan söng, Ukraina imkon qadar tezroq fursat içida saylovlar ötkazadi.
Mojaro qurbonlariga yordam körsatiş çoralari köriladi.
Uşbu şartnoma qonuniy kuçga ega böladi. Uning bajarilişi Donald Tramp raisligidagi Tinçlik kengaşi tomonidan nazorat qilinadi va kafolatlanadi. Qoidabuzarliklar uçun jazo çoralari köriladi.
Memorandum barça tomonlar tomonidan ma’qullangandan söng, öt oçişni töxtatiş darhol kuçga kiradi – buning arafasida tomonlar şartnomaga amal qilişni boşlaş uçun kelişilgan pozitsiyalarga olib ketiladi. Öt oçişni töxtatiş tartibi, jumladan, monitoring AQŞ kuzatuvi ostida tomonlar örtasida kelişiladi.