Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning beş respublikasi uçun “Global darvoza” strategiyasi doirasida jami 12 mlrd yevro ajratmoqda. Yevropa Ittifoqi komissarlari Yozef Sikela va Marta Koslar ötgan hafta Özbekistonga taşrif buyurib, bu investitsiya paketiga nimalar kirişini muhokama qildi. Asosiy mablağ Trans-Kaspiy koridori qurilişi va infratuzilma xarajatlariga yönaltiriladi.
Yevroittifoq boş ofisiga köra, bu mablağlar 4 ta yönalişga bölib beriladi. Bular – avvalo transport, raqamli boğliqlik, kritik mineral resurslar, suv-energiya va Markaziy Osiyodagi iqlim masalalari. Ma’lum bölişiça, umumiy summaning eng köpi transport, aniqroği örta koridor uçun möljallangan. Bu qariyb 10 mlrd yevro. Yevropa va Markaziy Osiyoni 15 kunda bir-biriga boğlaydigan Trans-Kaspiy savdo koridori Toşkentdagi muhokamalarning ham asosiy mavzusi böldi.
Yana bir asosiy yönaliş bu – strategik mineral resurslar. Bugun Markaziy Osiyo dunyoning qaysi gigant davlatlari bilan gaplaşmasin, bu mavzu ham kun tartibida. Mintaqa nodir metallar va mineral resurslarga boy ekan, energetik inqiroz kuçaygan davlatlar uçun bu muhim yönalişga aylanmoqda.
-Siz hozirgina 4 ta asosiy yönalişni sanab ötdingiz, mening savolim şundan iboratki, nega Yevropa bu qadar Markaziy Osiyodagi nodir mineral resurslar bilan qiziqmoqda. Bu borada mintaqadan eng katta hamkor kim?
“Yevropa mustaqilligini ta’minlaşda Markaziy Osiyoning roli juda muhim örin tutadi. Bu energetikaga taalluqli. Şunday ekan, biz uçun özaro boğliqlik dasturi nafaqat savdo, transport, energetika va raqamlaştirişni rivojlantirişdan iborat. Bu avval aytganimdek, işonçga asoslangan yangi şeriklik aloqalarini örnatişni ham anglatadi. Lekin bunga bir kunda erişib bölmaydi, şuning uçun biz uni oçiqlik va şaffoflik asosida qurişimiz kerak va men uşbu loyihada aynan şuni his qilyapman. Aniq misollarni komissar Yozef aytadi” – Marta Kos, Yevropa Ittifoqi komissari.
“Xöş, men masalaga biroz boşqaçaroq yondaşmoqçiman. Men doim aytganman, agar yerni sotsangiz, undan kelajakda foydalaniş imkoniyatidan voz keçgan bölasiz. Agar xomaşyoni sotsangiz, unga qöşimça qiymat yaratiş imkoniyatidan voz keçasiz. Şu bois, biz Yevropada şunga qat’iy işonamizki, agar siz faqat kon va port örtasida yöl qursangiz, öşa mamlakatga yordam bergan bölmaysiz. Siz özingizga yordam bergan bölasiz va mamlakatni talaysiz xolos. Şunday ekan, biz özaro manfaatlarga asoslangan şeriklik, barqaror rivojlaniş va insonlarga sarmoya kiritişga tayangan teng huquqli hamkorlik - boylikni adolatliroq taqsimlaş yöli ekaniga qat’iy işonamiz. Şunday ekan, biz strategik xomaşyoga investitsiyalar haqida gapirganda, ekologik toza, juda qat’iy Yevropa standartlarini nazarda tutamiz. Biz şu yerda qayta işlaş, şu yerda qöşimça qiymat yaratiş haqida, şuningdek, baham köriş, Yevropa bozorlariga çiqiş va asosan, yanada adolatli savdo hamda kamroq savdo tösiqlari haqida gapiryapmiz. Aniq misol keltiradigan bölsam, men prezidentga, masalan, Germaniya hukumati kelajakda strategik xomaşyo böyiça asosiy markaz böladigan Olmaliq uçun moliyalaştiriş yönalişini oçişga siyosiy rozilik berilganini mamnuniyat bilan yetkazdim”
















