Jamiyat | 19:30 / 24.05.2018
9731
7 daqiqa o‘qiladi

Yosh tadbirkorning himmati yoxud Oltiariqda innovatsion muassasa foydalanishga shay holda

Dono xalqimiz “Tadbirkor – elga madadkor” deb bejiz aytmagan. Tadbirkorga imkoniyat berilsa, unga yetarli shart-sharoitlar yaratib berilishi oqibati chiroyli vamarali natijalarni taqdim etishiga omil bo‘lishini tarix ham bugunning kuni ham isbotlab bera oladi. Keling, shu o‘rinda Oltiariqdan gaplashaylik. Oltiariqlik yosh tadbirkorning olib borayotgan xatti-harakatlari bizni e'tiborimizni o‘ziga tortdi va tadbirkorga olib borayotgan obodonlashtirish ishlaridan voqif bo‘lish bahonasida tadbirkorga “Hormang” deyishni lozim topdik.

Tadbirkor M.Abdurahmonov “Smart Kids Oltiariq” MChJning rahbari bo‘lib, chamasi 15 yillar qarovsiz holda qolgan Oltiariq tumani Qapchug‘ay ShFY Sharq tongi ko‘chasida joylashgan “Oltiariq”MChJga qarashli, avvallari 44-bolalar bog‘cha bo‘lgan, ammo ta'mirtalab holda foydalanishsiz turgan binoni sotib olgan va mazkur maskanni qisqa fursat ichida innovatsion muassasaga aylantirmoqda. Ahamiyatli tomoni shundaki, muassasaning tayyorlash rejasiga ko‘ra jami hisobda 3.800.000.000 so‘mlik qurilish loyihasi tuzib chiqilgan va buning 2.850.000.000 so‘mi bankdan kredit olib, qolgan qismini tadbirkor o‘z hisobidan safarbar qilmoqda.

Foto: Smart Kids Oltiariq

Muassasa haqida biz o‘rgangan ma'lumotlar bizni quvontirdi, yoshlarni tarbiyasiga, tahsiliga mana shunday e'tibor qaratilishi ham mumkin ekan-ku, deb xursand bo‘ladi kishi.

Ma'lumotlarga qaraganda “Smart Kids Oltiariq” maktabgacha ta'lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlar boshqalardan farqli o‘laroq innovatsion loyihalashtirilgan holda amalga oshirilmoqda. Bolaning tarbiyasi va ta'lim olishi uchun yetarli barcha shart-sharoitlar juda yaxshi darajada bo‘lib, bolalar bu maskanda maqsadli ta'lim olishlari ko‘zda tutilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, muassasa chet tillariga ixtisoslashgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilari o‘quvchining o‘zlashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib guruhlarga bo‘lingan holda o‘qitilishi ko‘zda tutilmoqda. Boisi muassasa tarbiyalanuvchilari chet tillarini ham munosib tarzda o‘rganadi.chet tilini o‘rganishda ham o‘ziga xos innovatsion uslublardan foydalanilishi rejaga kiritilgan.

“Biz buyuk siymolarning avlodlarimiz. Dunyo ilm beshigini tebratgan allomalarning zurriyotimiz. Shunday ekan, biz ularga munosib vorislar bo‘lishimiz va mana shunday vorislarni tarbiyalashimiz zarur va avlodlik burchimiz hamdir”, – deydi yosh tadbirkor M.Abdurahmonov.

Maskanni o‘rganish asnosida bizni e'tiborimiz tortgan yana bir holat bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy tarzda innovatsion loyiha asosida o‘rgatilishi bo‘ldi. gap shundaki, muassasaning amaliy mashg‘ulotlar maydonida maxsus avtodrom bo‘lib, unda bolalar maxsus mashinachalarni mingan holda yo‘l qoidalarini o‘rganishadi, ayrimlari esa tabiiy ishlab turadigan svetoforlar yordamida piyodalar yo‘lakchasidan kesib o‘tishni va hokazolarni o‘rganishi mumkin bo‘ladi.

Muassasaning har bir xonasiga kirilsa bir nechtadan zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bunga hattoki taomlanish xonasidan tortib, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar kirishi mumkin bo‘lgan barcha xonalarda shohid bo‘lish mumkin. Buning sababini so‘raganimizda “OAV orqali o‘quvchilarga tahdid solingani, bolani ruhan cho‘kishiga sabab bo‘lgan holatlar aytilinmoqda. Bizning maskanda bunday holatlar mutlaqo bo‘lmasligi, bolalar huquq va xavfsizliklari to‘laligicha himoyalanishi hamda tarbiyachilarni nazorati to‘liq qamrab olinishi uchun”, – deb javob berishdi muassasaning bo‘lajak mudirasi Dildora Ataqo‘ziyeva.

Foto: Smart Kids Oltiariq

Yuqoridagi holat ham kishini quvontiradiki, tarbiyachi va o‘qituvchilar o‘zlariga yuklangan vazifani eng kamida to‘liq bajaradilar. Dars o‘tish asnosida sustkashlikka yo‘l qo‘ymayaptimi, bolalarga psixologik bosim o‘tkazmayaptimi singarilarni rahbariyat bevosita kuzatib boradi va bunga ko‘ra chora ko‘radi. Bu esa, ta'lim-tarbiyadagi shaffoflikning kafolatidir.

Ma'lum bo‘lishicha, muassasa hozirda foydalanishga deyarli tayyor bo‘lib, 1-iyun xalqaro bolalar kunida bolalarga tuhfa tariqasida ochilish marosimi qilinishi rejalashtirilmoqda. Ma'lumot o‘rnida shuni alohida ta'kidlab o‘tishimiz lozimki, mazkur loyiha Tadbir M.Abdurahmonov, B.Madumarov va D.Ataqo‘ziyevalarning loyihasi bo‘lib, bu innovatsion tarbiya uslubining birinchi bosqichi sanaladi. Kelgusida ushbu ishbilarmonlar o‘zlarining navbatdagi loyihalarini ham amalda tatbiq etish orqali Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishni sharaf biladilar.

B.Madumarovning ta'kidlashiga qaraganda maskanda faoliyat olib boradigan har bir xodim va xodimalar muassasaning ixtisoslashgan yo‘nalishidan voqif va xabardor bo‘lishlari lozim. Chunki bu maskanning har bir a'zosi intellektual salohiyatli bo‘lishi kerak.

“Yoshlarni tarbiyasi ta'limiga yuqori darajada e'tibor qaratilsa, umid qilamizki kelgusida ham yurtimizdan Farg‘oniylar, Marg‘inoniylar, Yassaviylar chiqadi. Jonajon davlatimiz nufuzi jahon uzra yanada kengroq va balandor bo‘ladi”, – deydi mustaqil jurnalist Ro‘zali Qurbonov.

Oltiariqqa safarimiz yakunida maskan atrofidagi kishilarning chin qalbdan muhtaram yurtboshimizga minnatdorchilik bildirishlari bizni yanada quvontirdi. Darhaqiqat, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga bo‘lgan e'tibor tubdan o‘zgarib, ularga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berilishi, tadbirkorlik faoliyatini shaffoflashtirishning boshlang‘ich samarasi sifatida shunday natijalarni ko‘rsatish o‘rinlidir. Yurtimizda mana shunday himmatli, saxovatli bir so‘z bilan aytganda elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan tadbirkorlar ko‘payaversin deya maqolamizga intiho yasaymiz.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid