O‘zbekiston | 12:02 / 24.05.2018
12076
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi Orolbo‘yi mintaqasidagi qurilish ishlariga qancha pul ajratilganini ma'lum qildi

Foto: KUN.UZ

Moliya vazirligi Orolbo‘yini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan manzilli dasturlar ijrosi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

2018 yil Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish manzilli ro‘yxati hamda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichi tasdiqlandi. Shunga asosan Jamg‘armaning 2018 yilgi daromadlari prognoz ko‘rsatkichi 323,5 mlrd so‘m, xarajatlari 246,9 mlrd so‘m etib belgilandi.

Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2018 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash manzilli dasturiga asosan, 2018 yilda jami 370ta obektda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 224 ta (umumiy qiymati – 149,3 mlrd so‘m), Xorazm viloyati bo‘yicha 146 ta (umumiy qiymati 85,4 mlrd so‘m) obektlarda qurilish, rekonstruksiya, kapital ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi ko‘zda tutilib, ushbu maqsadlar uchun jami 234,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 240-F-sonli farmoyishiga asosan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Xorazm viloyati manzilli ro‘yxatiga 1 ta obekt qo‘shilgan. Mazkur obekt hisobiga 2018 yil Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi obektlari soni 371 tani tashkil etadi.

2018 yil 1 may holatiga Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 46,7 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirib berilgan, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi obektlari uchun 37,9 mlrd so‘m, Xorazm viloyati obektlari bo‘yicha 8,8 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirib berilgan.

Mavzuga oid