Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Yevropaga olib chiquvchi tunnelni ochdi
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Beskidskiy temir yo‘l tunnelini ochdi va mashinist kabinasida sayr qildi. "Ukraina haqiqati" shu haqida xabar berdi.
"Bu loyiha ortidan Ukraina Yevropa Ittifoqiga, Yevroittifoq esa - Ukrainaga yanada yaqinlashadi", - deb yozdi Poroshenko o‘zining Facebook'dagi sahifasida.
Ukraina prezidenti mazkur loyihani Italiya, Sloveniya, Vengriya, Slovakiya, Ukraina hududi va undan keyin sharq tomon olib boruvchi xalqaro transport koridorining bir qismi deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning G‘arbiy hamda Markaziy Yevropa yo‘nalishidagi tranzit yuklarining 40 foizgachasi shu yerdan o‘tadi.
Ochilish davomida Poroshenko mashinist kabinasida sayr qilgan va shundan so‘ng nutq so‘zlagan.
Manbada ta'kidlanishicha, tunnel qurilishiga doir ishlar 1998 yilda boshlangan, biroq qurilish 2013 yilga kelib boshlangan. Ukraina hukumati ko‘prik qurilishi uchun Yevropa investitsiya bankidan 55 million yevro jalb qilgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026