Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinalik tennischi kelishilgan o‘yinlarni o‘tkazishda aybdor deb topildi
Argentinalik tennischi Nikolas Kiker kelishilgan o‘yinlarni o‘tkazishda aybdor, deb topildi.
Reuters xabariga ko‘ra, Tennis Integrity Unit (TIU) tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijasida, sportchi Italiya va Kolumbiyada ATP Challenger seriyasidagi musobaqalar yakuniga ta'sir ko‘rsatishga uringani aniqlangan. Bu holat 2015 yilda kuzatilgani aytilmoqda. Ta'kidlanishicha, 25 yoshli tennischi tergov bilan hamkorlik qilishdan ham bosh tortgan.
Hozirda argentinalik sportchi professional musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatildi. Jazo haqidagi qaror keyinroq qabul qilinadi.
Kiker professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingida 84-o‘rinda boryapti.
Mavzuga oid
15:40 / 12.07.2026
JCh kundaligi. Yana fantastik o‘ynagan Jud, yana qiynalgan Argentina va Emboloda ahmoqona qizil
23:11 / 22.06.2026
Messi - jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar
08:45 / 08.06.2026
Rolan Garros–2026: Zverev tarixiy g‘alabaga erishdi
18:49 / 06.05.2026