20:50 / 25.05.2018
17808

Chempionlar Ligasining eng tezkor futbolchilari e'lon qilindi

UYeFA Chempionlar Ligasi joriy mavsumida eng yuqori tezlikni namoyish qilgan futbolchilarni e'lon qildi.

Birinchi o‘rin «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga nasib qildi. Misrlik to‘purar barcha futbolchilar ichida eng yuqori tezlikni ko‘rsatdi – 33,8 km/s.

Undan keyingi o‘rinlarni «MYu» hujumchisi Markus Reshford (33,5 km/s), «Man Siti» himoyachisi Kayl Uoker (33,3 km/s), «Barselona» yarimhimoyachisi Usmon Dembele (33,3 km/s), «Roma» himoyachisi Kostas Manolas (33,1 km/ch) egalladi.

 

Top