21:10 / 25.05.2018
10373

«Paxtakor» Toshkent derbisida g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinda qoldi

Foto: KUN.UZ

Superliga 13-turida «Paxtakor» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi.

O‘yinning 6-daqiqasida Bahrom Abdurahimov tomonidan oshirilgan to‘pni Tiago Bezerra boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Qolgan daqiqalarda har ikkala jamoada imkoniyatlar bo‘lsa-da, o‘yin oxiriga qadar hisob o‘zgarmay qoldi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 29 ochko bilan 1-o‘rinda, «Bunyodkor» esa 25 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 13-tur
25 may
Paxtakor (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent) - 1:0 
Gol:
 Tiago Bezerra (6)
Hakamlar: Sh.Qosimov, O.Abduvasilov, S.Shoyusupov, N.Qosimov.
Nazoratchi – B.Tog‘ayev.
Paxtakor: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Marko Simich (s), Sherzod A'zamov, Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev (Azimjon Ahmedov, 87), Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Bahrom Abdurahimov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh
Bunyodkor: Murodjon Zuhurov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Rustam Ashurmatov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Javlon Ibrohimov (s), Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 67), Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 85), Sardor Sobirxo‘jayev, Filip Rayyevats (Shahzodbek Nurmatov, 67)
Ogohlantirishlar: Anvar G‘ofurov 35, Akrom Komilov 38, Javlon Ibrohimov 42

Top