Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy bilan bog‘liq firibgarlikni sodir etib, 23 ming dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi
Joriy yilning 24 may kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil iyul oyida Yunusobod tumanida yashovchi muqaddam sudlangan U.M. shu tumanda yashovchi M.M.ga tegishli Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uyni 30 ming AQSh dollariga sotib olishini va pulni 35 kun ichida berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u M.M.ning ishonchiga kirib, oldindan uyni o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan va A.Q. ismli ayolga 23 ming AQSh dollariga sotib, undan olgan pulni M.M.ga bermasdan pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida U.M. ushlangan.
Mavzuga oid
15:33 / 11.07.2026
G‘ijduvon hokimidan MSK raisigacha – kiberfiribgarlar kimlarni qanday chuv tushirgan?
10:20 / 11.07.2026
Qashqadaryoda firibgarlikda gumonlangan mutaxassis ushlandi
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
20:43 / 05.07.2026