15:56 / 26.05.2018
6167

AQShda dronlar bilan kurashuvchi maxsus tizim ishlab chiqildi

AQShning Sierra Nevada kompaniyasi uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan kurashga mo‘ljallangan maxsus tizimni ishlab chiqdi, uni pikapda joylashtirish va transport vositasi harakatlanayotganida qo‘llash mumkin. Bu haqda Defense News portali xabar bergan.

X-Madis nomini olgan tizim radioelektron kurash vositalaridan foydalangan holda obektlarni aniqlashi, farqlashi va aniq nishonga olishi mumkin. Xabar qilinishicha, u avtomobil tezligi soatiga 80 kilometrga chiqqanida ham ishlaydi. Ta'kidlanishicha, tizimni bir nafar operator transport vositasi kabinasidan boshqara oladi.

Foto: Defense News

Kompaniyadan qo‘shimcha qilishlaricha, X-Madis turli harakatlanuvchi platformalarga joylashtirilishi mumkin, jumladan, pikaplar, yo‘ltanlamaslar yoki qayiqlarga ham. Shuningdek, tizim AQSh armiyasida bo‘lgan bir necha turdagi transportda sinovdan o‘tkazildi.

Yangi ishlanma Floridadagi Tampada bo‘lib o‘tayotgan SOFIC 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilgan.

Top