Jahon | 20:30 / 26.05.2018
5133
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa aviakompaniyasi qo‘l yuki uchun haq to‘lashga majburlay olmadi

Foto: Telegraph

Yevropaning eng yirik byudjyetli aviakompaniyalaridan biri Ryanair salonga olib kiriladigan qo‘ldagi yukka doir yangi qoidalar joriy etilishi bilan tekinga topshirilayotgan bagajlar miqdori ortganini e'lon qilgan, deb yozmoqda The Telegraph.

Aviakompaniya vakillari endi bir yil ichida ikkinchi bor qo‘l yukini o‘tkazish tartibini o‘zgartirishi mumkin.

15 yanvardan boshlab aviakompaniya yo‘lovchilari samolyotga o‘tirishdan avval yirik hajmdagi (55×40×20 santimetr) qo‘l yukini yukxonaga topshirishlari lozim edi. 35×20×20 santimetr gabaritlarga ega sumkalarni bortga olib kirish mumkin. Har ikki holatda ham yuk tashish tekin edi, lekin qo‘l yukidan ayrilgisi kelmaganlar uni salonga olib o‘tish uchun alohida haq to‘lashlari mumkin.

Yangi qoidalar bo‘yicha ish olib borilgan o‘tgan to‘rt oydan so‘ng ma'lum bo‘ldiki, qo‘shimcha xarajatlarga hamma yo‘lovchilar ham tayyor emas ekan.  Natijada, qo‘shimcha bagaj miqdori keskin ortishi tufayli Ryanair muvaffaqiyatining asosiy omili bo‘lmish samolyotlar almashinuvi vaqti ham osha boshlagan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid