Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada suv toshqinlari. Qurbonlar soni ortmoqda
Shri-Lankaga yopirilgan to‘fon va kuchli suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 nafarga yetdi, bu tabiiy ofat 128 ming kishining turmush tarziga ta'sir qilgan.
Bundan avvalroq suv toshqinlari 11 kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
«Sinxua» agentligi mamlakat Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish markazi raisi Pradip Kodippiliga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, 55 mingdan ortiq kishi o‘z turar joylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Shri-Lankada har yilgi musson yomg‘irlari davri kirgan. Meteorologiya xizmatlari ayrim hududlarda yoqqan yomg‘ir hajmi 150 millimetrga yetishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
20:40 / 05.03.2026
Eron fregati cho‘ktirilishi. Kamida 87 kishi halok bo‘lgan
17:30 / 04.03.2026
AQSh Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron kemasiga zarba berdi (video)
19:20 / 30.11.2025