Jahon | 19:28 / 27.05.2018
8468
1 daqiqa o‘qiladi

Axmed Musa Ramazon munosabati bilan mahbuslarni turmadan ozod qilishda ko‘mak berdi

Foto: SE/Aleksandr Fedorov

“Lester” klubining nigeriyalik hujumchisi, yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida Moskvaning “TsSKA” klubida o‘tkazgan Axmed Musa Nigeriyaning Kano shahridagi turmadan 40 mahbusning ozod qilinishida yordam berdi. 

Musa muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan qarzini uzolmagani uchun ozodlikdan mahrum bo‘lgan yurtdoshlariga yordam qilishga qaror qilib, 40 kishining qarzini to‘lab bergan. Natijada bu mahbuslar ozodlikka chiqarilganlar.

Musaning Nigeriya terma jamoasi bo‘yicha sherigi Shaxu Abdullohiy ham bu xayriya tadbirida ishtirok etgan. Ma'lum qilinishicha, Musa shuningdek Kanoning kam ta'minlangan aholisi uchun oziq-ovqat va pullar ulashgan.

Futbolchi 2009/2010 yillardagi mavsumda “Kano Pillars” klubida to‘p surgan va o‘sha mavsumda Nigeriya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid