Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonning turizm sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganishmoqda
Yaponiyalik ishbilarmonlar delegatsiyasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda O‘zbekistonning turistik salohiyati taqdimoti, infratuzilma bilan tanishuv, shuningdek ikki tomonlama hamkorlik masalalari, O‘zbekistonga investitsiya jalb qilish va mehmonxonalar qurilishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita matbuot xizmatida shu haqida ma'lum qilindi.
Yaponiyaning APA Group kompaniyasi raisi Toshio Motoya rahbarligidagi 93 kishidan iborat delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari 26 maydan 29 mayga qadar turizm sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganib, muhokama qiladi. Delegatsiya tarkibidan ishbilarmonlar va APA Hotels tarmog‘i vakillari joy olgan. Tashrif Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan.
Tomonlar O‘zbekistonning turistik salohiyati Apa Group tomonidan targ‘ib qilinishi, shuningdek kompaniyaning 80 mingdan ortiq nusxada chop etiluvchi hamda Apa Group mehmonxonalar tarmog‘ida tarqatiluvchi jurnali sahifalarida O‘zbekiston haqida qator maqolalar berilishiga kelishib olishdi.

Toshio Motoya Aziz Abduhakimov bilan uchrashuv chog‘ida yaponiyaliklar O‘zbekistonga iliq munosabatda ekanini alohida ta'kidladi va O‘zbekiston yaponiyalik askarlar qabristoniga hurmat bilan munosabatda bo‘linuvchi kam sonli mamlakatlardan biri ekanini qayd etdi.
Mehmonlar Toshkent shahrining sayyohlik infratuzilmasi bilan tanishishdi, xususan International Hotel Tashkent va "O‘zbekiston" mehmonxonalarida bo‘lishdi.

Shuningdek Yaponiya delegatsiyasining Toshkent va Samarqand hokimliklari vakillari bilan uchrashuvi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun: APA Group kompaniyasiga 1971 yilda asos solingan. Kompaniya shaharsozlik, shu bilan birga mehmonxonalar, restoranlar va boshqa obektlar boshqaruvi bilan shug‘ullanadi. APA Group 449 mehmonxonaga egalik qiladi.
Mavzuga oid
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026