Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev Qorabog‘ ixtilofi bir shart bajarilsagina hal bo‘lishi mumkinligini aytdi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjon diplomatiya akademiyasi bitiruvchilari oldidagi nutqida Qorabog‘ ixtilofi Ozarboyjonning hududiy yaxlitlgi doirasidagina o‘z yechimini topishi mumkinligini aytdi.
Qorabog‘dagi ixtilof 1988 yilda Tog‘li-Qorabog‘ muxtor viloyati Ozarboyjon SSR tarkibidan chiqishini e'lon qilgandan keyin boshlangan. Ozarboyjon keyin yuz bergan harbiy mojarodan so‘ng Tog‘li Qorabog‘ ustidan nazoratni boy bergan.
1992 yildan beri ushbu ixtilofni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ozarboyjon o‘z hududiy yaxlitligi saqlanib qolishini talab qilmoqda, Armaniston esa tan olinmagan Tog‘li-Qorabog‘ respublikasi manfaatlarini himoya qilib keladi.
“Bizning tashqi siyosatimizdagi bosh masala Tog‘li-Qorabog‘ ixtilofini hal qilish hisoblanadi. Biz bu masalada qat'iy pozitsiyamizdan voz kechmaymiz va buni kelgusida ham qilmaymiz. Xalqaro hamjamiyat Tog‘li-Qorabog‘ni Ozarboyjonning ajralmas qismi sifatida tan oladi va BMTning bu borada 4 ta rezolyutsiyasi ham bor, bu esa ixtilofni hal qilishning huquqiy asosini yaratadi”, deb aytgan Aliyev.
“Ozarboyjonning halqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hududiy yaxlitligi tiklanishi lozim. BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasi zudlik bilan bajarilishi kerak”, deb aytgan Aliyev.
Shu bilan birga Aliyev bugungi kunda halqaro huquq “ishlamayotganidan” shikoyat qildi. “Biz bu masala bo‘yicha qat'iy siyosatimizni davom ettiramiz. Biz bugungi dunyoda xalqaro huquq ishlamayotganini yaxshi bilamiz. Oxirgi vaqt esa umuman ishlamayapti. Bu haqiqatdir. Biz real dunyoda yashaymiz va o‘z siyosatimizni vujudga kelgan voqeliklardan kelib chiqib qurishimiz lozim. Shu sababli biz ixtilof barham topishini yaqinlashtirish uchun iqtisodiyotimiz, armiyamiz, boshqa sohalarni mustahkamlashimiz kerak”, deb aytgan Aliyev.
Mavzuga oid
14:00 / 24.12.2025
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi
11:30 / 18.11.2025
“Markaziy Osiyo Ozarboyjon bilan yanada kuchli bo‘ladi” – tahlilchilar bilan suhbat
13:48 / 16.11.2025
«Uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi» – Aliyev Mirziyoyevning o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqida
15:29 / 15.11.2025