Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 7 iyun kuni "To‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya" o‘tkazadi
RF prezidenti Vladimir Putin 7 iyun kuni "To‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya"da mamlakat aholisi savollariga javob beradi. Kreml matbuot xizmati shu haqida ma'lum qildi.
Bu Putin uchun 2001 yildan buyon o‘n oltinchi va yangi olti yillik prezidentlik muddatidagi ilk "To‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya" bo‘ladi. Putin Rossiya aholisi savoliga prezident sifatida 11 marta va bosh vazir sifatida 4 marta javob bergan.
Manbaga ko‘ra, 7 iyun mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da "Pervyy", "Rossiya 1", "Rossiya 24", OTR telekanallari efirida va "Mayak", "Vesti FM" hamda "Radio Rossii" radiostansiyalarida "Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya" maxsus dasturi uzatiladi.
Shu kuni RF prezidentiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, sms- yoki mms-xabar yo‘llab, shuningdek dastur sayti yoki maxsus mobil ilovalar (Moskva - Putinu" va OK Live) orqali savol berish mumkin. Bundan tashqari, "VKontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari orqali ham murojaatlar qabul qilinadi, ular orqali matnli va videoroliklar yo‘llash imkoni mavjud.
Savollar 27 may soat 8:00 dan boshlab 7 iyun kuni dastur yakuniga qadar qabul qilinadi. Ulardan eng qiziq va dolzarblari prezidentga jonli efir vaqtida beriladi.
Ma'lumotlarni qayta ishlash yagona markaziga Rossiyaning istalgan nuqtasidan 8-800-200-40-40 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shahar va mobil telefonlardan qo‘ng‘iroqlar - bepul. Chet eldan ma'lumotlarni qayta ishlash markaziga +7-499-550-40-40, +7-495-539-40-40 telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib tushish imkoni mavjud. Shuningdek sms va mms shaklidagi savollar Rossiya aloqa operatorlari telefonlaridan 0-40-40 raqami orqali qabul qilinadi. Xabar yo‘llash - bepul. Savol rus tilida berilishi va 70 belgidan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari, moskva-putinu.ru sayti orqali ham savol yo‘llash mumkin.
O‘tgan yillar tajribasi rossiyaliklarni sanoat, qurilish, transport, aloqa, mehnat va ish haqi, ekologiya va tabiiy resurslardan foydalanish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta'lim muammolari tobora ko‘proq xavotirga solayotganidan dalolat bermoqda.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026