Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rikkyardo “Formula-1”ning Monako Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
Foto: EPA-EFE/YOAN VALAT
“Formula-1”ning Monako Gran-prisi g‘olibi “Red Bull” jamoasi a'zosi, avstraliyalik Daniel Rikkyardo bo‘ldi.
Marraga ikkinchi bo‘lib “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel, uchinchi bo‘lib esa “Mersedes” vakili Lyuis Xemilton keldi.
28 yoshli Rikkyardo faoliyatidagi 6-g‘alabani va joriy mavsumdagi 2-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Poygachi ushbu Gran-prida birinchi marta g‘olib bo‘ldi.
6 ta poygadan keyin yetakchilikni 110 ochko bilan Xemilton saqlab qolmoqda, 2-o‘rinni Fettel (96) va 3-o‘rinni Rikkyardo (72) egallamoqda.
Poyganing keyingi bosqichi Kanadada 8-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:01 / 09.12.2025
O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:33 / 21.09.2025
Ferstappen F1 poygasida Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
17:22 / 25.05.2025