Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi
Foto: Andijon viloyati hokimligi
Rustam Mahmudovich Ismatullayev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bergan.
Jasurbek Abduraimov Baliqchi tumaniga hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan vazifasidan ozod qilingan. Rustam Ismatullayev aynan uning o‘rnini egalladi.
R.Ismatullayev 1960 yil Namangan viloyati, Uychi tumanida tavallud topgan. 1987 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
Rustam Ismatullayev 1997 - 2000 yillarda Namangan viloyati, Namangan tumani hokimi, 2000 yildan 2011 yilga qadar Namangan viloyati Pop tumani hokimi vazifalarida ishlagan. 2017-2018 yillar davomida «O‘zparrandasanoat» uyushmasi raisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
16:34 / 04.05.2026
Andijonda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi
08:01 / 27.04.2026