Andijon viloyatida «Andijon polkasi» tadbiri doirasida maktab öquvçilari YTHga uçragan, ulardan biri vafot etgan. Bu haqda viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonovning Instagram’dagi posti ostidagi izohlarda foydalanuvçilardan biri xabar qoldirgan.

Ma’lum bölişiça, uşbu hodisa Asaka tumanidagi 14-maktab öquvçilari bilan röy bergan. Hodisa oqibatida öquvçilardan biri vafot etgan, qolganlari esa jonlantiriş bölimida qolmoqda.
Holat yuzasidan izoh bergan Andijon viloyati YHXB axborot xizmati maktab öquvçilarini özboşimçalikda ayblagan.
Andijon viloyati YHXB axborot xizmati Daryo.uz’ga ma’lum qilişiça, YTH 23 iyun kuni sodir bölgan.
«Asaka tumani xalq ta’limi bölimi tomonidan Andijon şahrida ötkaziladigan tadbirga tayyorgarlik köriş uçun borib-keladigan öquvçilarga alohida avtobus ajratilgan. Ammo bir guruh öquvçi özboşimçalik bilan Damas avtomobilida ketayotgan bölgan. Yölda avtomobil „ZIL“ yuk maşinasi bilan töqnaşgan. Öquvçilar şifoxonaga yotqizilgan. Şifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, ulardan bir nafari vafot etgan. Qolgan öquvçilarning holati yaxşi», – deyiladi taqdim etilgan axborotda.
Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tergovçilari suriştiruv olib borayotgani qöşimça qilingan.
Ma’lumot uçun, 24 iyun kuni Andijon viloyati markazidagi stadionda «Andijon polkasi» raqsiga tuşiş orqali rekord örnatildi.

Stadionda 20 ming kişi bir vaqtning özida raqs tuşgan. Hokimlik matbuot xizmati e’lon qilgan suratlarda tadbirda yoş bolalar ham iştirok etganini köriş mumkin.











