Iqtisodiyot | 16:28 / 28.05.2018
89894
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda penciya yoshini, 2022 yildan boshlab, har yili 6 oyga, ayollar uchun 58 yoshgacha va erkaklar uchun 63 yoshgacha oshirib borish taklif etilgan «Fuqarolarning davlat penciya ta'minoti to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni ishlab chiqish muhokama etilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Ma'lum qilinishicha, penciya ta'minoti tizimi ayni paytda 3,3 milliondan ortiq fuqaro yoxud mamlakat aholisining taxminan 10 foizini qamrab oladi. Ushbu muhim masalaga doir, Byudjyetdan tashqari Penciya jamg‘armasi tomonidan Kontseptsiya loyihasini muhokama qilish maqsadida, joriy yilning 25 may kuni Oliy Majlis Senatining byudjyet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasi, Qonunchilik palatasi vakillari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda BMT Rivojlanish dasturi, Jahon banki va YuNISEF mutaxassislari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalasi, xususan, «Fuqarolarning davlat penciya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonuning yangi tahrirda ishlab chiqilishi batafsil muhokama qilindi. Bu borada, qonunni chet el tajribasini o‘rganish hamda mamlakatning demografik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Mutaxassis va ekspertlar ta'kidlashicha, Kontseptsiyada ijtimoiy adolatlilikni qaror toptirish jihatlari inobatga olinib, ishlovchi pentsionerlarga to‘liq penciyalarini to‘lash, penciya tayanch miqdorini hisoblashda amaldagi hisobga olinadigan chegaraviy eng kam oylik ish haqqining 8 barobarini 12 barobarigacha oshirish kabi takliflarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Shuningdek, taklif etilayotgan islohotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, seminar ishtirokchilari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari ekspertlari, yangi taklif etilayotgan normalarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risida fikr bildirishdi.

Xususan, dastlabki bosqichda talab etiladigan minimal ish stajini bosqichma-bosqich har yili, 2019 yildan boshlab 10 yilgacha oshirishi, penciya yoshini esa 2022 yildan boshlab har yili 6 oyga, ayollar uchun 58 yoshgacha va erkaklar uchun 63 yoshgacha oshirib borish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Penciya jamg‘armasining rasmiy veb-saytida joriy yilning 28 aprel kuni fuqarolarning davlat penciya ta'minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan Kontseptsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgandi.

Mavzuga oid