23:54 / 28.05.2018
5319

«Sevilya» yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

«Sevilya» futbolchilari keyingi mavsumni yangi ustoz qo‘l ostida boshlaydilar.

Bugun Andalusiya klubi 43 yoshli Pablo Machin bosh murabbiy bo‘lganini e'lon qildi. Mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolandi.

Machin bundan oldin «Numansiya» (2011-2013) va «Jirona» klublarida ishlagan. Oxirgisi bilan mutaxassis Ispaniya chempionatida 10-o‘rinni egallagan.

«Sevilya» Primera o‘tgan mavsumini 7-o‘rinda yakunlab, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Mavzuga oid
Top