19:07 / 28.05.2018
4456

ShHTga a'zo davlatlar Oliy sudlari raislari qo‘shma bayonot berishdi

Foto: sectsco.org

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Oliy sudlari raislarining 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov ham qatnashdi. 

Uchrashuv davomida ShHT doirasida adliya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, sud faoliyatini raqamlashtirish va «aqlli sudlarni» yaratish, terrorizm, narkotrafik, pul yuvish va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha huquqni qo‘llash hamda transchegaraviy sud hamkorligi; jinoiy jarayonda yo‘l qo‘yib bo‘lmas dalillarni chiqarib tashlash bo‘yicha huquqiy normalar va sud amaliyoti, shuningdek, ShHTning adliya sohasidagi xalqaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Qo‘shma bayonot matniga ko‘ra, ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy sudlarining adliya sohasida o‘rtasida o‘zaro almashinuv va hamkorligi mintaqada uzoq muddatli tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

ShHTga a'zo davlatlar Oliy sudlari BMT Nizomi va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari, ShHT Xartiyasi va Tashkilot doirasida qabul qilingan xalqaro kelishuvlar, o‘zaro ishonch, o‘zaro manfaat, tenglik, o‘zaro maslahatlashuv, madaniyatlarning xilma-xilligiga hurmat va birgalikdagi rivojlanish istagi bilan tavsiflanadigan «Shanxay ruhi»ga muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi.

ShHTga a'zo davlatlar Oliy sudlari global miqyosda raqamlashtirishga mos bo‘lish va sud faoliyati raqamlashishining yuqori darajaga ko‘tarish, internet soha va sun'iy idrok, bulutli hisob-kitoblar, ma'lumotlar kengligi kabi axborot texnologiyalarini sudlar faoliyatiga tatbiq etish sohasida ishchi ekspertlik guruhini tashkil etish yo‘li bilan tajriba almashishga tayyorlar.

ShHTga a'zo davlatlar Oliy sudlari terrorizm, ekstremizm va ayirmachilik, giyohvand moddalar kontrabandasi, odam savdosi va pul yuvish, kabi tahdid hamda xavfsizlikka chaqiriqlar bilan kurashni hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligi bildirilgan.

Top