O‘zbekiston | 20:11
6051
1 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi

Shu haqdagi taqdimnoma Oliy Majlis Senatiga kiritildi.

Prezident tomonidan Baxtiyor Jahongirovich Islomovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritildi.

Baxtiyor Islomov 2022 yil avgustda Oliy Majlis Senati majlisida Oliy sud raisi etib saylangan edi.

Bunga qadar u Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi bo‘lgan.

2020 yil noyabrida u prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Oradan bir yil o‘tib, Rustam Inoyatov o‘rniga prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid