Jahon | 20:49 / 29.05.2018
14154
2 daqiqa o‘qiladi

22 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarosi Olmaotada jinoiy javobgarlikka tortildi

Foto: pixabay

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 22 nafar O‘zbekiston va  Tojikiston fuqarosi jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 13 nafari O‘zbekiston fuqarosi, qolgan 9 nafari tojikistonlikdir. 

“Bundan avval, sud Qozog‘iston migratsiya qonunchiligini qo‘pol ravishda buzgan ushbu fuqarolarga nisbatan o‘z ixtiyorlari bilan  mamlakatni tark etishi lozimligi haqida qaror chiqargandi. Ammo ular bu talabni bajarmadi. Bu ma'lumotlar ular yana qo‘lga olinganda bizga oshkor bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat qonunchiligiga asosan ish ko‘rilishi kutilmoqda.

Shaharda o‘tkazilgan “Nolegal” tezkor-profilaktika tadbiri davomida ular qo‘lga olindi”, - dedi Olmaota shahar Ichki ishlar departamenti migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig‘i Aydin Belgiboyev.

Uning aytishicha, tadbirlar davomida shu kunlarda 1186 nafar xorijlik fuqaro ma'muriy javobgarlikka tortilgan, sud qarorlariga asosan 229 xorijlik mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Ayni paytda 24ta sud-tergovga qadar jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ikkita epizod bo‘yicha noqonuniy migratsion yo‘lak tashkil etgan kishilarning faoliyati tekshirilmoqda.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid