O‘zbekiston | 23:09 / 29.05.2018
4124
2 daqiqa o‘qiladi

5 iyun kuni Toshkentda II Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumiga start beriladi

Foto: Sputnik Kazaxstan

5 iyundan 8 iyunga qadar Toshkent shahrida II Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi (II MOXEF) bo‘lib o‘tadi. KUN.UZ muxbiri Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) vakillari bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

II MOXEF O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Davlat ekologiya va atrof-muhit muhofazasi qo‘mitasi hamda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) tomonidan tashkil etilmoqda.

Forumda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari vakillari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, diplomatik missiyalar, sohaning yetakchi ekspertlari, ekologiya sohasi vakillari ishtirok etishadi.

Tadbirda quyidagi maslalar muhokama etiladi:

  1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energosamaradorlik;
  2. Qattiq maishiy chiqindilarning kompleks boshqaruvi;
  3. Bioxilma-xillikni saqlab qolish va qo‘riqlanuvchi tabiiy hududlar tarmog‘i rivoji;
  4. Markaziy Osiyoda mintaqaviy suv hamkorligi.

Forum yalpi va mavzuiy parallel sessiyalardan iborat bo‘lib, ular interaktiv muhokamalar formatida o‘tadi.

Bundan tashqari, 5-7 iyun kunlari "O‘zekspomarkaz"da maxsus ko‘rgazma va ekologik toza texnologiyalarning «Green Ecology Technologies Central Asia – GETCA 2018» biznes-forumi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid