Munofiqlik juda xavfli illat hisoblanadi. Çunki munofiqni jamiyatda ajratib oliş qiyin: u istalgan odam bölib olaveradi. Uning barça aytganlari til uçida bölib, qalbidagini heç kim bilmaydi. Faqat Allohgina uning xayoli va qalbidan ötayotganlarni juda yaxşi bilib turadi. Haqiqiy möminlar boşlariga musibat yetganida ham özgarmaydilar, munofiqlar esa sinovlardan öta olişmaydi. Alloh taolo Qur'oni karimning Ankabut surasi, 2- va 3-oyatlarida şunday marhamat qiladi: «Odamlar «iymon keltirdik» deyişlari ila imtihon qilinmay tark etilişlarini öyladilarmi? Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan ötkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq bölganlarni ham bilajak, yolğonçilarni ham bilajak».
Garçi Alloh har bir odamning haqiqiy mömin bölib-bölmaganini yaxşi bilsa-da, Alloh har bir odamning qiyomatda öziga özi guvoh bölişi uçun uni har xil sinovlardan ötkazişini bildirib qöygan. Ya'ni, odamlar tillari bilan biz Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirdik, deyişlari yetarli emas, ular hayotlarida har xil sinovlardan ötadilar va haqiqiy musulmon odam ana şu sinovlardan ötiş davrida bilinadi. Alloh bizdan oldingi ötgan odamlarni sinaganidek, bizni ham sinaşi muqarrardir. Va bu sinovlarni natijasi ölaroq Alloh haqiqiy musulmonlarni va yolğonçilarni oçiq-oydin körsatib qöyadi.
Alloh taolo doimo sabrli bandalari bilan birga. Şu bois U musulmonlarga qiyinçilik kelganida qanday qilib yordam söraş kerakligini öz kalomida örgatib qöyibdi. Jumladan, Baqara surasining 153-oyatida Alloh taolo şunday marhamat qiladi: «Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad söranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir».
Demak qiyinçilik bölganida sabr va ibodat bilan yordam söralar ekan. Alloh harom qilgan narsalardan musulmon odam özini tiyişi kerak, garçi uning nafsi şu narsalarga buyursa ham. Va ibodat esa, qiyin bölsa ham Allohning buyurganlariga itoat qilişi (namoz, röza, zakot va boşqa ibodatlar), garçi uning nafsi bu narsalarni istamasa ham. Va Alloh va'da qilib aytadiki, u şunday qilgan odamlar bilan birgadir. Ya'ni, u şunday odamlarni heç qaçon taşlab qöymaydi va ular söragan yordamlarini, albatta, beradi.
Jumladan, Baqara surasi, 155-156-oyatlarida şunday marhamat qilinadi: «Albata, Biz sizlarni bir oz qörqinç va oçlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkaziş bilan sinaymiz. Va sabrlilarga başorat ber. Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvçimiz», derlar».
Alloh odamning hayotlik paytida uni har xil yöllar bilan sinaşini bildirib qöygan. Bular qatoriga qörqinçga duçor bölişlik, oç qolişlik, boylikdan (mol-davlatdan) mahrum bölişlik va yaqin odamlaridan ayrilib qolişlik, ekilgan narsalari nobud bölişi kabi hodisalar kiradi. Ammo Alloh şunday sinovlar kelganida sabr qilganlar uçun xuşxabar borligini aytayapti. Bunday odamlar, şunday sinovlarga uçraganlarida











