“Islom nuri” dasturining navbatdagi sonida tavba mavzusi haqida söz boradi. Bu haqda poytaxtning “Böri jar” jome masjidi imom xatibi Husniddin Abdukarimov sözlab berdi.

YouTube'da tomoşa qiliş

Tas-IX'da tomoşa qiliş

Qur'oni karimda tavba haqida juda köp oyatlar kelgan. Çunki bandani bu hayotdagi turiş-turmuşi va yurişi-yu nafas olişi – barça barçasi gohida xatoga sabab bölib qolişi mumkin. Şu sabab har lahza tavba-tazarru qilişimiz lozim. Qur'oni karimda Alloh taolo bandalariga aytadiki: “Alloh tavba qiluvçilarni va obdon poklanib yuruvçilarni sevadi”. Biz bu oyati karimadan şunday haqiqat mazmunini olamizki, bizning qilgan tavbamiz, Allohga suyanişimiz Yaratganga yoqar ekan.

Ulamolarimizdan köp tavsiyalar borki, tavba bu – qaytiş ma'nosini bildirar ekan. Biror bir gunoh iş qiliş sabab Allohdan yuz ögirilsa, tavba tufayli Allohga qaytilar ekan. Payğambarimiz (s.a.v) tavba qiliş vaqtlari haqida gapirar ekanlar, uning jon toki xalqumga kelgunga qadar qiliş mumkinligini, mağfirat darvozalari oçiq turişini aytib ötganlar. Bundan kelib çiqadiki inson to jon berar vaqtiga qadar tavba qilib qolişi kerak ekan.

Payğambarimiz (s.a.v) sahobiylardan biri bilan ulovda ketişayotganida: “Bir namoz bilan ikkinçi namoz orasida bir xato qilib qöyilsa, ana şu xatoni keyingi namozni öqişlik bilan Alloh keçiradi”, deb marhamat qildilar. Şunda sahobai ikrom söradilar: “Yo Rasululloh, boşqalarga mana şu sözingizni aytaymi?”. Nabi alayhissalom bunga javoban: “Boşqaga aytmagin, şunga tayanib qolişmasin”, degan ekanlar.

“Böri jar” jome masjidi
imom xatibi Husniddin Abdukarimov

Ya'ni, Alloh taoloning mehribon va rahmli sifati şuki, kuniga beş mahal namoz ado etiladigan bölsa, har namoz orasidagi ayb-nuqsonni, xatoni, gunohni keyingi namozni ado etiş bilan keçirar ekan. Banda Allohning mana şu sifatini his etib, tavbaga yuriş kerak.