“Islom nuri” dasturining bugungi sonida mömin-musulmonlar uçun farz qilingan buyuk ibodat – namoz haqida söz boradi. Bu haqda Özbekiston musulmonlar idorasi Masjidlar bölimi xodimi Isoqjon Begmatov xabar bermoqda.

YouTube'da tomoşa qiliş

Tas-IX'da tomoşa qiliş

Insonlarning zimmasida buyuk bir mas'uliyat bor -  u ham bölsa namoz öqişlikdir. Nafaqat namoz öqiş, balki uni öz vaqtida öqiş ham alohida farz. Demak, bizlarni Alloh taologa qulçiligimiz, bandaçiligimizni izhor etiş borasidagi eng buyuk ibodat – namoz ibodatidur. 

Qolaversa, namoz mömin-musulmonlarni tarbiyalaydigan ibodat hamdir. Payğambarimiz (s.a.v): “Bandaning Allohga eng yaqin vaqti, uning sajdada bölgan holatidir”, deb marhamat qilganlar. Aytingçi, qaysi banda özining Rabbisiga yaqin bölişni xohlamaydi? Barça xohlaydi. Bu darajaga yetişiş uçun namoz ibodatini mukammal ado etişimiz lozimdir.

Namoz insonni tartibga örgatadi. Har kuni beş mahal namozni öz vaqtida, qoldirmasdan, qazo qilmasdan öqişga örgangan mömin-musulmon barça dunyoviy işlarini ham öz vaqtida qilişlikka örganadi. Uning hayotida tartib yuzaga çiqadi. Tartibli hayotda esa baraka böladi. 

Özbekiston musulmonlar idorasi
Masjidlar bölimi xodimi Isoqjon Begmatov

Tartibsizlik esa barça yomonliklarning boşi. U dangasalik, yalqovlik va loqaydlikni keltirib çiqaradi. Tartibsiz inson nafaqat Alloh taolo bilan bölgan aloqasida betartiblik qiladi, balki öziga öxşaş insonlar bilan böladigan munosabatda ham betartiblikni keltirib çiqaradi.

Bundan taşqari, namoz bizlarni barça yomonliklardan qaytarib turuvçi vositadir. Namoz öqiydigan inson biror gunohga qöl urmoqçi bölsa, öqiyotgan namozi uning xayoliga keladi. Insonning nafsi özini özi malomat qilişni boşlaydi, - dedi I.Begmatov.