“Islom nuri” dasturining navbatdagi sonida dözax va undagi azoblar, dözaxga yetaklovçi amallar va unday qanday saqlaniş haqida poytaxtning “Islomobod” jome masjidi imom xatibi Abdulhamid Jumanov sözlab berdi.

YouTube'da tomoşa qiliş

Tas-IX'da tomoşa qiliş

- Dözax va jannat mavzusi – biri insonni qörqitadigan, taşvişga soladigan, ikkinçisi esa uyğotadigan, rağbatlantiradigan va qiziqtiradigan mavzu. Alloh taolo bandalarini ikki toifaga böldi. Alloh uning böyruqlariga böy sunganlarga mukofot tariqasida jannatni, unga itoat qilmaydiganlarga qilgan işlariga yaraşa jazo beradi. 

Aslida, Alloh taolo biror bir bandasiga dözaxni ravo körmaydi. Barçamizning yaratuvçimiz Alloh. Yaratgan zot özi yaratganlarning birortasiga ham yomonlikni xohlamaydi. Yomonlikni va dözaxni yaratuvçisi Alloh, lekin unga bandalari yöliqişini xohlamaydi. Bu narsani xohlovçi bu – şayton. U bandalarni adaşişini, zalolatini, dözaxga tuşişini xohlaydi. 

Hammamiz bilamiz-ki, dözaxda olov bor. U biz bilgan olovdan ming marta qaynoq va şiddatliroq. Bandaning ham olovda yonadigan a'zosi, asosan, terisi hisoblanadi. Alloh taolo Qur'oni karimda aytadiki, “har safar ularning terisi kuyib ketganida, biz yana qaytadan ularning terisini qoplab beramiz”. Nega, çunki ular azobni yaxşiroq his qilişlari uçun. Zamonaviy tibbiyot ham buni isbotladi. Ya'ni insonning terisi his qiluvçi bölib, uning eti heç narsani sezmas ekan. Jannat qanday mukammal rohat maskani böladigan bölsa, Alloh dözaxni ham ana şunday mukammal azob makoniga aylantirdi. 

“Islomobod” jome masjidi
imom xatibi Abdulhamid Jumanov

Dözaxda olov bor, qaynoq suvlar quyilişi, yiring içiriliş bor, Alloh u yerning hidini öta badböy qildi, körinişini xunuk manzaraga keltirdi va dözaxda banda bu dunyoda qilgan işiga yaraşa Alloh taolo unga hozirlab qöydi. Biz bugun yengil sanayotgan gunohlarimiz uçun ham. Payğambarimiz (s.a.v) dözaxda kim, qanday azob çekişini aytib berganlar. Alloh taolo dözaxni intiqom maskani qildi.