Allohga tavakkal qiliş qanday böladi va u qay vaziyatlarda amalga oşiriladi. “Islom nuri” dasturining navbatdagi soni mavzusi ana şu haqda. Toşkent şahridagi “Böri jar” jome masjidi imom xatibi Husniddin Abdukarimov bu haqda öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

YouTube'da tomoşa qiliş

Tas-IX'da tomoşa qiliş

- Inson bolasi har bir narsada Alloh taologa tavakkal qilişi lozim va şart. Çunki insonning qismati şuki, u Yaratgandan har lahza umidvor böladi. Alloh taolo Qur'oni karimda: “Alloh tavakkul qiluvçilarni sevadi”, deya marhamat qiladi. 

Bu tavakkul qiliş har bir narsani Alloh taolodan deb bilmoğlikning işorasi böladi. Buning aksini oladigan bölsak, bandasi “özim qildim, özim terdim, özim yiğdim, özim erişdim”, degan gaplar Allohning ğazabini keltiradigan holatga olib keladi. 

Faqih Abu Lays Samarqandiy Iso alayhissalomning sözlarini keltirib şunday deydilar: “Kimki oxirat kuniga, Alloh taologa çin ma'noda işonadigan bölsa, Yaratganga tavakkul qilsin. Va ertangi kunini öylab, taomni yaşirmasin. Çunki ertangi kun özining rizqi bilan keladi”. Yana davom ettilar: “Çumolining ham rizqini beruvçi Alloh taolo. Ularning qorni kiçkina-ku, deya şubha qilsa, quşlarga boqsin. Agar bundan qanoat hosil qilmasa, katta-katta hayvonotlarga boqsin. Alloh rizq berişda heç bir jonzotni unutmaydi”.

Alloh taoloning rizq beruvçi fazilati ham bandani Parvardigori olamga çin ma'noda tavakkul qilmoqligiga boğliq. Ya'ni, banda tavakkal qilsa bas, Alloh uning rizqini yetkazib beraveradi. Mufassirlarimiz aytişadiki, şariat hukmlariga amal qiladigan, Alloh taologa taslim bölib, nima buyurgan bölsa, ana şu buyruqlariga rioya etib yuradigan insonlarni musulmon deyilsa, undan keyingi bosqiçni möminlik maqomi deyiladi. Birinçi bosqiçda Allohdan qörqiş bölsa, ikkinçi bosqiçda Allohga bölgan muhabbat, unga talpiniş yuzaga keladi.

“Böri jar” jome masjidi