Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya moliya vazirligi: Ish tashlagan yuk mashinasi haydovchilari bilan kelishuv 2 mlrd dollarga tushadi
Braziliya hukumati bilan ish tashlash aksiyasi uyushtirgan yuk mashinalari haydovchilari bilan kelishuv shartlarini bajarish hukumatga 9,5 milliard real (2,6 mlrd dollar) ga tushadi. TASS Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakati moliya vaziri Eduardu Guardia tomonidan keltirilgan raqamlar haqida yozmoqda.
«Bu choralar ancha qimmatga tushadi: bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra shu lahzadan boshlab yil so‘ngiga qadar 9,5 mlrd real zarur bo‘ladi. Bu ma'lum bir qurbonliklarga rozi bo‘lib, federal byudjyet bilan ishlash doirasida yetarli sa'y-harakat qilish lozimligini bildiradi. Bu mamlakatni odatdagi hayotga qaytaruvchi juda mas'uliyatli qaror», — degan vazir Globo telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida.
Idora rahbari paydo bo‘lgan yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish uchun hukumat soliqlarni oshirish mumkinligini ham istisno etmagan. Federal byudjyetga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning xarajatlarini kamida 3,8 mlrd real (1 mlrd dollardan sal ko‘proq) ga qisqartirishga to‘g‘ri keladi, degan Guardia.
Braziliyada uzoq masofalarga yuk tashuvchi avtomobilchilarning ish tashlashi o‘tgan dushanba kuni, Petrobras davlat neft va gaz kompaniyasi dizel yoqilg‘isiga tariflarning navbatdagi oshirishidan so‘ng boshlanib ketgan edi. Butun mamlakat bo‘ylab davom etgan aksiyalarda milliondan ortiq kishi ishtirok etgan ular yo‘llarning minglab uchastkalarini yopib qo‘yishgan. Norozilik namoyishlari eng oddiy mahsulotlarning yetishmovchiligini keltirib chiqargan: Braziliyaning ko‘plab shaharlari bir necha kundan buyon benzin, dizel yoqilg‘isi, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi kuzatilmoqda. Mamlakat prezidenti Mishel Temer armiy va Milliy gvardiyani yo‘l harakatini normallashtirishga jalb qilgan, biroq yuk tashuvchi haydovchilarning ishga qaytishni rad etishlari vaziyatni to‘liq barqarorlashtirishga yo‘l bermadi.
Natijada, yakshanba kuni kechqurun davlat rahbari namoyishchilarning talabi bajarilishini e'lon qildi. Dizel yoqilg‘isining narxi tushirilgan va yaqin 60 kun uchun yangi darajada saqlanib turishi belgilab qo‘yilgan. Hukumat kelgusida tariflarni hozirgidek har kuni emas, har 30 kunda qayta ko‘rib chiqishni va'da qilgan.
Kasaba uyushmalari yetakchilari bu qarorni olqishlashgan, lekin dushanba kuni ham ish tashlaganlarning ayrim qismi ishga qaytmagan. Ko‘plab shaharlarda hamon maktablar yopilgan, jamoat transporti ishlamayapti, AYoQShlarda hanuz benzin va dizel yoqilg‘isi yo‘q.Uzoq masofaga yuk tashuvchilar bilan kelishuv qiymati hisob-kitob qilingach, San-Pauludagi Bovespa Braziliya fond birjasining indeksi 4 foizga qulagan. Braziliya realiga nisbatan AQSh dollarining kursi esa 1,1 foizga mustahkamlangan.
Mavzuga oid
19:22 / 16.06.2026
O‘zbekistonda ish tashlash huquqi joriy etilmoqda. U qanday ishlaydi?
20:02 / 11.06.2026
Ish tashlash taqiqlangan sohalar belgilandi
18:55 / 11.06.2026
Ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi
12:01 / 21.05.2026