Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik xavfli mahsulotni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish tartibi takomillashtiriladi
“Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, respublika hududiga olib kiriladigan va uning hududidan olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulot nizomiga ko‘ra, qoidalar alohida o‘rnatilgan tartibda respublika hududidan tranzit qilinadigan maxsus yuklarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarning importi va eksporti, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi ekologik sertifikatlashtirish organi tomonidan beriladigan ekologik sertifikatlar asosida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish organi arizachi tomonidan mustaqil tanlanadi.
Bazel Konventsiyasi ishtirokchisi bo‘lmagan davlatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati tasdiqlangan ekologik xavfli mahsulot va chiqindi turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishlari va olib chiqib ketishlari qat'iyan taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Bazel Konventsiyasi ishtirokchisi bo‘lmagan davlat o‘rtasida chiqindilarni tranzit tarzida olib o‘tishga doir xalqaro shartnoma mavjud bo‘lgan hollarda, bunday olib o‘tish ushbu xalqaro shartnoma qoidalari, shuningdek, qo‘llash mumkin bo‘lsa, Bazel Konventsiyasida belgilangan umumiy talablar asosida amalga oshiriladi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarning importi va eksporti uchun ekologik sertifikatlar (yoki uning nusxasi) Bojxona organiga mahsulot va chiqindilarni jo‘natuvchi yoki ularni qabul qiluvchi tomondan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladi hamda mahsulot bojxona rejimlariga rasmiylashtirish vaqtida tekshiriladi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni respublika hududidan tranzit qilishda Bazel Konventsiyasining 6-moddasiga asosan, eksport qiluvchi davlat tranzit qilinishi ko‘zda tutilayotgan xavfli mahsulot yoki chiqindilar to‘g‘risida manfaatdor davlatlarning vakolatli organlariga yozma ravishda xabarnoma yuboradi yoxud bunday xabarnoma yuborishni ishlab chiqaruvchi yoki eksportyordan talab qiladi. Bunday xabarnomalarda Konventsiyaning “V A” ilovasiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarning importi va eksporti yuzasidan nazoratni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ekologik sertifikat quyidagi hollarda haqiqiy hisoblanadi:
ekologik sertifikat bergan ekologik sertifikatlashtirish organining muhri va imzosining asli bo‘lganda;
“Yagona darcha” orqali ekologik sertifikat elektron shaklida berilsa ekologik sertifikatlashtirish organining elektron imzosi bilan haqiqiy hisoblanadi.
Davlat reyestrida qayd etilganligini tasdiqlovchi sana va raqam ko‘rsatilganda.
Sertifikatlashtirilgan mahsulotga bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqtida ekologik sertifikat bergan organ nomi, ekologik sertifikat berilgan sana va raqami hamda uning amal qilish muddatini ko‘rsatadi.
Ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirilganligiga oid ma'lumotlar mavjud bo‘lmaganda, bunday mahsulotlar umumiy tartibda ekologik sertifikatlashtiriladi.
Sinov o‘tkazish uchun mahsulotlardan namunalar sinov laboratoriyasi va sertifikatlashtirish organi vakili tomonidan buyurtmachi ishtirokida hamda bojxona organlarining nazorati ostida me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq sinov uchun zarur bo‘lgan miqdorda olinadi.
“Davekosertifikat” DUK mahsulot ishlab chiqaruvchining xohishi va iltimosiga ko‘ra ekologik sertifikatlashtirishga oid ishlarni tashkil etish hamda Ekologik xavfsizlik belgisini o‘rnatish bo‘yicha zarur xizmatlarni ko‘rsatadi.
Ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulot arizachining xohishi va baholash mezoniga ko‘ra ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalanadi. Ekologik xavfsizlik belgisining mavjudligi va qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ekologik sertifikatda aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan import-eksport qilinadigan
va ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulot va chiqindilarga doir hisobotlarni tayyorlash hamda Bazel konvensiyasi va Jyenevadagi Bosh Kotibiyatiga ularning so‘rovida belgilangan muddatlarda, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan har yili 30 dekabrgacha taqdim etiladigan:
arizachilardan - amalda O‘zbekiston Respublikasiga import qilingan (O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilingan) ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar miqdori haqidagi ma'lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan – O‘zbekiston Respublikasi hududida yillik hosil bo‘ladigan mahalliy ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxona hamda tashkilotlardan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar miqdori haqidagi ma'lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasidan — ekologik xavfli bo‘lgan mahsulot va chiqindilarning importi va eksporti haqidagi jamlanma ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar ekologik xavfli bo‘lgan mahsulot va chiqindilarning importi va eksportini amalga oshirishda ekologik sertifikatlashtirishning talablari va shartlari hisoblanadi:
a) ekologik xavfli bo‘lgan mahsulot va chiqindilarning importi va eksportini amalga oshirishda qonun hujjatlariga majburiy ravishda rioya etish;
b) mahsulot va chiqindilarning O‘zbekiston Respublikasiga importi va O‘zbekiston Respublikasidan eksportini majburiy ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar turlari ro‘yxatiga muvofiq amalga oshirish;
v) O‘zbekiston Respublikasiga importi taqiqlangan xavfli mahsulot va chiqindilar turlari ro‘yxatiga mansub bo‘lmaganlarining importini amalga oshirish;
g) ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni import qiluvchi mamlakat qonun hujjatlari, shuningdek Bazel Konventsiyasi talablarini buzmagan holda amalga oshirish;
d) import va eksport qilingan va sotilgan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar miqdorlarining, xaridorlarning nomlari va manzillari hamda qo‘llanilishi taxmin qilingan sohalar ko‘rsatilgan holda hisobini yuritish, shuningdek, eksport qilingan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar miqdorlari hisobini yuritish;
ye) ushbu Nizomda belgilangan holatlar, muddatlar va miqdorlarda to‘lovlarni amalga oshirish.
Mavzuga oid
16:48 / 24.02.2026
O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba loyihasi yaratiladi
18:56 / 22.02.2026
Toshkentda mehmonxona qurish uchun 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
08:18 / 09.02.2026