Jahon | 21:58 / 30.05.2018
28291
1 daqiqa o‘qiladi

“Kortej” avtomobillarining Kremldan chiqishi videoda muhrlandi  

YouTube-bloger EmKi-Em Kremldan prezident korteji chiqishini videoga oldi. Videoda “Kortej” loyihasining barcha modellari: Senat limuzini va sedani hamda Arsenal minivenini ko‘rish mumkin.

Bu mashinalarning barchasi Aurus markasi ostida chiqariladi. Bundan avvalroq Moskva ko‘chalarida Aurus sedani va miniveni suratga olingandi. Ayni vaqtda bunday avtomobillar maxsus maqsaddagi garaj va Federal qo‘riqlash xizmatidagina bor. Avvalroq ma'lum qilinganidek, joriy yilda umumiy hisobda 70 taga yaqin “Kortej” mashinasi foydalanishga topshiriladi, mansabdor shaxslar esa unga 2018 yil oxiri yoki 2019 yil boshida o‘tiradilar.
 

Mavzuga oid