Sankt-Peterburg yaqinidagi Şuşaridagi sobiq Toyota zavodida haşamatli va yuqori toifali Aurus avtomobillarini işlab çiqarişni yölga qöyiş noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda 28 noyabr, payşanba kuni «Vedomosti» xabar berdi.
27 noyabr kuni «Rossiya sanoatçisi» xalqaro körgazma-forumi arafasida Sankt-Peterburg sanoat siyosati, innovatsiyalar va savdo qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi Aleksandr Sitov ham uşbu avtomobillar şu yilning oxirigaça işlab çiqarilmasligini aytdi. 2024 yil may oyida boş vazir örinbosari Denis Manturov 2025 yilgaça Şuşarida Aurus işlab çiqarişni yölga qöyişga va’da bergan edi.
«Vedomosti» suhbatdoşlari vaqt özgarişini Aurus Xitoydan bölajak hamkor bilan kelişa olmagani bilan izohladi. Naşr manbalaridan birining aniqlik kiritişiça, Xitoyning Hongqi (FAW'ning lyuks bölimi) şirkatini Şuşariga jalb etilişi rejalaştirilgan, biroq investor sanksiyalar tufayli hamkorlik qilişdan boş tortgan. Aurus kompaniyasi 2024 yil fevralida sanksiyalar röyxatiga kiritilgan edi.
Sanoat va savdo vazirligi vakili naşrni Şuşarida avtomobillarni ommaviy işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalari dolzarbligiça qolayotganiga işontirib, vaqt «moslaşuvçan» ekanligini ta’kidladi. Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi 2025 yil oxirida Yelabugadagi zavodda Aurus Senat rusumli avtomobillarni seriyali işlab çiqariş boşlanişini va’da qilgan edi.












