Iqtisodiyot | 11:51 / 30.05.2018
11361
2 daqiqa o‘qiladi

«Lukoyl»ning O‘zbekistonda qazib olingan jami gaz hajmi ma'lum bo‘ldi

Foto: O‘zA

«Lukoyl» 2018 yil oxiriga qadar O‘zbekistonda gaz qazib olishning loyiha darajasiga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya taqdimotida aytiladi.

«Ikkinchi-to‘rtinchi choraklarga rejalar: O‘zbekistonda qazib olishning loyiha darajasiga erishish», - deyiladi taqdimotda. 

Ta'kidlanishicha, 2018 yilning birinchi choragida Hissorda gaz qazib olish kuniga 72 ming barrel neft ekvivalentiga, Qandimda kuniga 119 ming barrel neft ekvivalentiga teng bo‘ldi.

«Lukoyl» O‘zbekistonda mahsulotni taqsimlash kelishuvi shartlarida ikki loyihani amalga oshirish ustida ishlamoqda - «Qandim-Xouzak-Shodi» va Janubi-G‘arbiy Hissor konini o‘zlashtirish. Kompaniyaning respublikada qazib olingan jami gaz hajmi 40 milliard kub metrdan oshdi. 

Aprel oyining oxirida birinchi ikki loyiha doirasida «Lukoyl» 2019 yilda 18 milliard kub metr gaz qazib olishni va investitsiyalar hajmini 8 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

«Qandim va Hissor loyihalari bo‘yicha gaz qazib olish yangi quvvatlarni ishga tushirish tufayli 2018 yilning birinchi choragida 2,9 mlrd kub metr gazga yetdi va bu 2017 yilning birinchi choragiga qaraganda ikki barobar ko‘pdir», - deyiladi taqdimotda.

«Lukoyl» hisobotiga ko‘ra, birinchi chorakda gaz qazib olish 23,8 foizga o‘sib, 7999 milliard kub metrga yetdi.

Mavzuga oid