Jahon | 08:45 / 30.05.2018
4562
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika prezidenti: AQSh bilan chegaradagi devor uchun hech qachon pul to‘lamaymiz

Foto: Carlos Jasso/Reuters

Meksika prezidenti Enrike Penya Netoning tvitterda ma'lum qilishicha, mamlakat AQSh bilan chegaradagi devor uchun hech qachon pul to‘lamaydi.

«AQSh prezidenti Donald Trampga, Meksika devor uchun hech qachon pul to‘lamaydi. Hurmat bilan, Meksika (barchamiz)», - deya yozgan Neto.

Avvalroq, Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishiga istalgan vositalar bilan erishmoqchi ekanini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda mamlakatda chegaralar bo‘lmasa, unda bu davlat emas.

Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish lozimligi haqida bir necha marta ma'lum qilgan. Uning fikricha, bu AQSh chegarasini mustahkamlash va mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar sonini kamaytirish uchun kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika Trampni migrantlarni «hayvonlar» deb atamaslikka chaqirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid