Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ShHT davlatlari bilan mudofaa sohasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor
Xitoy yangi tahdidlar va chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurashish imkoniyatlarini oshirish uchun Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar bilan birgalikdagi ishni rivojlantirishga tayyor. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi rasmiy vakili Jen Gotsyan ma'lum qildi.
“Xitoy ShHTga a'zo davlatlar bilan o‘zaro ishonch va o‘zaro manfaat asosida xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish, hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor”, deb aytgan Gotsyan.
Gotsyan xavfsizlik sohasida hamkorlik ShHT doirasida o‘zaro harakatlanishning muhim sohasi hisoblanishini va u oxirgi yillarda samarali bo‘lgani, hamkorlikning ko‘p sonli mexanizmlari doimo takomillashib borayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026