Jahon | 08:12 / 31.05.2018
26932
2 daqiqa o‘qiladi

IShIDning Afg‘onistondagi kuchlari 3 ta viloyatda to‘planmoqda – Pentagon 

Foto: AFP

Ayni vaqtda IShIDning Afg‘onistondagi kuchlari 34 ta viloyatdan faqatgina 3 tasidagina to‘planmoqda, biroq butun mamlakat bo‘ylab yoyilishga harakat qilmoqda. Bunday ma'lumotlarni AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni, general Jon Nikolson jurnalistlar bilan teleko‘prik orqali o‘tkazilgan brifingda keltirdi. 

“IShID butun Afg‘oniston bo‘ylab yoyilishga harakat qilmoqda. Biroq ayni vaqtda jangarilar  uchta viloyat – Jauzjon, Nangarhor va Qo‘nar viloyatlarigina bilan cheklangan”, deb aytgan general. Uning ta'kidlashicha, yaqinda IShIDning Jauzjondagi yetakchisi Qori Hikmatulla va ko‘plab jangarilar yo‘q qilingan.

Nikolson AQShning Gilmend viloyatida joylashgan Musa-Qal'a tumaniga bergan zarbasiga izoh berar ekan, bu amaliyotdan maqsad jangarilarning bir necha o‘n dala qo‘mondonini yo‘q qilish bo‘lganini aytgan. Generalning aytishicha, Gilmendni jangarilarning “moliyaviy dvigateli” deb atash mumkin. Bu yerda “Tolibon” harakati o‘z daromadining 60 foizini giyohvand moddalar sotish va boshqa jinoiy faoliyatdan oladi. 

Mavzuga oid