00:51 / 31.05.2018
8319

Shveytsariyalik sud ijrochilari «Gazprom»ning 2,6 mlrd dollarlik aktivlarini hibsga ola boshlashdi

Photo: TASS

Yevropada «Gazprom»ning aktivlari hibs etila boshlandi. Bunga sabab Stokholm arbitraj sudining Rossiyaning mazkur konserniUkrainaning «Navtogaz» kompaniyasiga 2,6 milliard AQSh dollari to‘lab berish haqidagi qarori ijrosini ta'minlashdir. Mulkni ro‘yxatga olish Tsuge shahridagi «Nord Stream AG» ofisida bo‘lib o‘tdi, «Gazprom»ning mazkur kompaniyadagi ulushi 6 milliard yevroni tashkil etadi, deb yozmoqda RBK.

«Naftogaz Ukraina» kompaniyasi Stokholm arbitrajining tranzit shartnoma bo‘yicha 2018 yil 28 fevraldagi qarorini majburiy ijrosini ta'minlash yuzasidan ish olib borayotganidan «Gazprom» endi xabar topgan. Hozirga qadar «Gazprom» mazkur jarayon yuzasidan biror bor rasmiy bildirishnoma olmagan.

«Nord Stream AG»Stokholm arbitraji qarori yuzasidan ta'minlash choralarini qo‘llanilishi haqidagi buyruqni 29 may kuni olgan, deydi kompaniya vakili. Uning so‘zlariga qaraganda bu hol «Nord Stream 2» gaz quvuriga ta'sir qilmaydi. ​

28 fevral kuni Stokholm arbitraji «Naftogaz Ukraina»ning «Gazprom»ga bo‘lgan da'vo arizasini qisman qoniqtirgan va unga ko‘ra Rossiya kompaniyasi da'vogar tashkilotga tranzit shartnoma bo‘yicha yetkazib berilmagan gaz uchun 4,63 milliard AQSh dollari to‘lab berishi kerak. «Naftogaz»ning «Gazprom» oldidagi qarzi hisobidan, to‘lanishi kerak bo‘lgan pul 2,56 milliard dollarni tashkil etmoqda. «Gazprom» arbitraj qaroridan norozi bo‘lib, 28 may kuni Shvetsiyadagi Svea okrugi sudiga apellyatsiya arizasini kiritgan. Rossiya monopol kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Stokholm arbitrajini qarorining katta qismini arbitr emas, allaqanday uchinchi shaxs yozib bergan.

Mavzuga oid
Top