Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 30 yil avval urib tushirilgan sovet uchuvchisi tirik topildi
Afg‘onistonda urib tushirilgan va bedarak yo‘qolgan deb hisoblab kelingan sovet uchuvchisi Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilgandan 30 yil o‘tib tirik topildi. Bu haqda Rossiya desantchilari ittifoqi rahbari Valeriy Vostrotin ma'lum qildi.
“Bu juda hayratlanarlidir. Endi bizga nafaqat moliyaviy, balki ma'muriy yordam, jamoat tashkilotlari yordami, diplomatik ish zarur”, deb aytgan Vostrotin.
Uchuvchining ismi-familiyasi oshkor qilinmagan.
Vostrotinning aytishicha, uchuvchi bilan bog‘liq vaziyat Afg‘oniston vakillari bilan muhokama qilingan.
Sobiq ittifoq tomonidan Afg‘oniston hududiga qo‘shin olib kirish qarori 1979 yil dekabrda qabul qilingan. Qo‘shin olib kirilishiga Afg‘onistonda hukumat kuchlari va mujohidlar o‘rtasidagi qurolli nizo sabab bo‘lgan. Qo‘shinlar 1989 yilda olib chiqilishigacha u yerda 620 ming sovet askari xizmat o‘tagan. Yo‘qotishlar 14453 kishini tashkil qilgan. Afg‘onistonda 10 yillik urush vaqtida sobiq ittifoq harbiy-havo kuchlarining 125 ta jangovar samolyoti urib tushirilgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026