Jahon | 23:45 / 01.06.2018
12171
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning norasmiy eng keksa kishisi chekishni tashlashga qaror qildi  

Foto: BBC

Keyptaunda yashovchi 114 yoshli Fredi Blom chekishni tashlashini e'lon qildi. Bu haqda  Daily Mail nashri xabar bermoqda. Dunyoning norasmiy eng keksa kishisi hisoblanuvchi qariya hayotni o‘zgartirishga hech qachon kech bo‘lmasligini aytgan.

Qariya ko‘p yillar davomida chekib kelgan. U chekishga “muhabbatini” “iblisning kirdikori” deb atagan. 

Fredi zararli odatidan voz kechishga va o‘ziga hamda atrofdagilarga hayotni istalgan yoshda o‘zgartirish mumkinligini isbotlashga qaror qilgan. Qariyaning umid qilishicha, bu unga sog‘lig‘ini saqlab, yana ko‘p yil umr ko‘rishiga yordam berishi kerak.

“Men o‘zimni sog‘lom, yaxshi his qilaman. Mening yuragim baquvvat, biroq oyog‘im kuchdan qolmoqda – men avvalgidek ko‘p yura olmayman”, deb aytgan qariya.

Qariya kelajakka boqishga urinmasligini va qancha yashashi Tangrining qo‘lida ekanligini aytadi.

“Tangri qudratli, men esa zaifman. Men istalgan vaqt hayotdan ko‘z yumishim mumkin, biroq Tangri meni qo‘llab-quvvatlamoqda”, deb aytgan qariya.

 

Mavzuga oid