Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti tadqiqotçilari aqlli soatlar uçun yangi ilova işlab çiqdi. U çekişga oid xatti-harakatlarni tanib oliş va foydalanuvçiga öz vaqtida qöllab-quvvatlovçi xabarlar yuboriş qobiliyatiga ega. Foydali dastur odamlarning öz odatlariga ongli yondaşuvini ta’minlaşga yordam berib, ularning çekişni taşlaş imkoniyatini oşiradi.

Ilova aqlli soatning içki harakat sensorlaridan foydalanib, çekiş paytidagi qölning öziga xos harakatlarini aniqlaydi. Soat bunday harakatlarni qayd etganda, ilova foydalanuvçiga sigaretadan voz keçişga undovçi xabarlar yuboradi.

Sinov tadqiqotida 18 nafar iştirokçi ikki hafta davomida ilovadan foydalandi. Aqlli soatlar iştirokçilarga öz odatlarini anglab yetişga, ular haqida çuqurroq öylaşga va çekişni taşlaşga bölgan intilişlarini kuçaytirişga yordam berdi.

“Ilovaning asosiy xususiyati bu — şaxsiylaştirilgan yondaşuv. Foydalanuvçilar aynan çekiş istagi paydo bölgan vaqtda bildirişnoma oladi”, — dedi Bristol universiteti katta ilmiy xodimi Kristofer Stoun.

Dastur iştirokçilarining uçdan ikki qismi uşbu ilovani foydali va qulay deb baholadi. Ilovani smartfonga ulaş şart emas, aqlli soatning özida töliq işlaydi.

“Çekiş saraton xavfining asosiy omili bölib qolmoqda va bu odatdan voz keçiş salomatlik uçun eng yaxşi qadamdir. Smart-soatlar muhim resursga aylanişi mumkin, ammo ularning uzoq muddatli samaradorligini baholaş uçun keyingi tadqiqotlar zarur”, — dedi Cancer Research UK vakili Alize Frogeld.

Frogeld çekişni taşlaş uçun yordamçi dasturlarga murojaat qiliş muhimligini alohida ta’kidladi. U bunday dasturlar bilan hamkorlik qiliş çekişni taşlaşda muvaffaqiyatga erişiş imkoniyatini sezilarli darajada oşirişga yordam berişini aytdi.

Tadqiqot guruhi bunday yondaşuvning samaradorligini tasdiqlaş maqsadida keng qamrovli uzoq muddatli izlanişlar ötkazişni rejalaştirmoqda. Uşbu taşabbus çekişning salbiy oqibatlariga qarşi kuraşiş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş yölidagi muhim qadam böladi.