Maldiv orollari yoş avlod uçun çekişga umummilliy taqiq joriy etilgan dunyodagi birinçi davlat böldi: orol davlati hukumati 2007 yil 1 yanvardan keyin tuğilganlarning barçasiga, şu jumladan sayyohlarga çekişni va tamakini tarğib qilişni taqiqladi.
Mahalliy soğliqni saqlaş vazirligi ötgan dam oliş kunlari mamlakat hududida yoş avlod uçun tamaki iste’mol qiliş, sotib oliş yoki sotiş noqonuniy bölişini e’lon qildi.
Taqiq «hukumatning yoşlarni tamaki zararidan himoya qilişga qat’iy sodiqligini aks ettiradi», dedi vazirlik.
Maldiv Respublikasi tamakiga qarşi kuraş kengaşi raisi örinbosari Ahmad Afaal BBC bilan suhbatda mamlakatda ötgan yili e’lon qilingan veypingga umumiy taqiq «tamaki iste’mol qilmaydigan fuqarolar avlodi yölidagi yaxşi qadam» bölganini aytgan.
Yangi taqiq «barça turdagi tamakiga nisbatan qöllanadi va sotuvçilar xaridorlarning yoşini tekşirişi şart», deyildai Soğliqni saqlaş vazirligi bayonotida. Bu davlatning Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Tamakiga qarşi doiraviy konvensiyasi doirasidagi majburiyatlariga mos kelişi qöşimça qilingan.
BMTning soğliqni saqlaş masalalari böyiça organi ma’lumotlariga köra, uşbu konvensiya «global muammoga, ya’ni tamaki çekiş epidemiyasiga global javob böladi».
Afaal veyping taqiqlanişi dastlabki muhim qadam bölgani, çunki «bu yangi zamonaviy gadjetlar – yoş avlodni ularning soğliğiga aniq zarar yetkazadigan odatga aylantiruvçi jarayonlarga jalb qilişga qaratilgan sanoat taktikasi hisoblanişi»ni ta’kidlagan.
Ötgan yili Maldiv orollari yoşidan qat’i nazar, elektron sigaretalar va veyping mahsulotlarini olib kiriş, sotiş, saqlaş, ulardan foydalaniş yoki tarqatişni taqiqlagandi.
Osiyoning köplab davlatlarida elektron sigaretalar va veyplarga şunga öxşaş taqiqlar allaqaçon amal qilmoqda. Masalan, Singapurda bunday qurilmalarni olib kiriş, saqlaş va ulardan foydalaniş uçun katta jarimalar belgilangan.
Maldiv orollariga kelgan sayyohlar ham qonunga rioya qilişi kerak böladi, ammo Afaalning ta’kidlaşiça, çekişni taqiqlaş turizm sanoatiga ta’sir qilmaydi.
«Odamlar Maldiv orollariga çekiş uçun kelişmaydi. Ular plyajlar, dengiz, quyoş va toza havo uçun kelişadi. Kelgusi yilda 2 milliondan ortiq [turistlar] kelişini prognoz qilyapmiz», – deya qöşimça qildi u.













