Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya Donbass uzra urib tushirilgan «Boing» uchun Rossiyadan ayblovlarni olib tashladi
Rossiyani Donbbas uzra 2014 yili urib tushirilgan yo‘lovchi «Boing»ini yo‘q qilishda ayblab bo‘lmaydi, degan Malayziya transport vaziri Entoni Lok ChannelNews Asia kanaliga.
«Rossiyani Qo‘shma surishtiruv guruhi (JIT) ma'lumotlari asosida ayblash uchun ishonarli dalillar yo‘q. Shunchaki, barmoq bilan Rossiya tomon ishora qilish yaramaydi», — degan Lok.
Uning qayd etishicha, tergov-surishtiruv ishlarida keyingi harakatlarning barchasi ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar hisobga olinib, aniq dalillar asosida o‘tkaziladi.
Amsterdam — Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan yo‘lovchi Boeing 777 samolyoti 2014 yilning 17 iyulida Ukrainaning Donetsk oblastida halokatga uchragan. Aviahalokat natijasida samolyot bortida bo‘lgan jami 298 yo‘lovchi halok bo‘lgan, ularning aksariyati Niderlandiya fuqarolari bo‘lgan. Niderlandiya xavfsizlik kengashi tomonidan e'lon qilingan tergov komissiyasining oraliq natijalariga ko‘ra layner unga ko‘plab obektlar katta tezlikda kelib urilishi natijasida havoda bo‘laklangan.
24 may kuni o‘z tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiyava Ukraina mutaxassislarini jamlagan surishtiruv guruhi falokatdan ikki yil o‘tib, dastlabki versiyani taqdim etishdi. Unga ko‘ra laynerning halokatga uchrashida Rossiya aloqador qilib ko‘rsatilgan. RF TIV bu ta'kidlarning asossiz ekanligini takrorlab keladi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Qo‘shma surishtiruv guruhining laynerning halokatga uchrashi borasidagi hisobotidagi bir qator noaniqliklarni ko‘rsatib bergan. Uning so‘zlariga qaraganda, surishtiruv yakunlarining e'lon qilinishi va laynerning halokatga uchrashida Moskvaning ayblanishi Rossiya tomonining reaksiyasiga vaqt ajratilmasdan amalga oshirilgan va bu hol aybdorni izlab topishdan avval boshdan mafkuraviy topshiriq bo‘lganini bildiradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta'kidlashicha, Rossiyani Malayziya «Boing»i halokati xalqaro surishtiruv ishlarida qatnashishiga izn berishmagan, shu sababli hisobotga ishonish uchun asos yo‘q. Rossiya davlat rahbari Moskva tomonidan ilgari surilgan dalillar qo‘shma surishtiruv guruhi tomonidan mutlaqo inobatga olinmagan.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026