Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada oziq-ovqat mahsulotlari qadog‘ida tuz, yog‘, shakar miqdori belgilana boshlashdi
1 iyun kuni "Rospotrebnadzor" tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ixtiyoriy markirovkalash loyihasiga start berildi. Mazkur loyihaning birinchi ishtirokchisi "Yunilever Rus" MChJ (Unilever xalqaro konsernining Rossiyadagi bo‘limi) bo‘ldi - kompaniya o‘z muzqaymoqlari qadoqlarida maxsus belgilarni aks ettira boshladi.
Maxsus belgilar oziq-ovqat mahsulotining 100 grammidagi transyog‘lar, shuningdek yog‘lar (shu jumladan to‘yingan yog‘ kislotalari), tuzlar va shakar miqdori haqida ma'lumot beradi. Masalan, Ekzo muzqaymog‘ida yog‘lar va tuz kam bo‘lib, shakar miqdori o‘rtacha ekani ma'lum bo‘ldi.
Agar mahsulotda qaysidir moddaning miqdori yuqori bo‘lsa, iste'molchi uni qancha miqdorda iste'mol qilish haqida o‘ylashi kerak, deya izoh beradi Unilever'ning biznesni barqaror rivojlantirish va korporativ munosabatlar bo‘yicha vitse-prezidenti Irina Baxtina.
"Maxsus belgilar mahsulotlarni foydali va foydasizga ajratmaydi, deydi "Rospotrebnadzor" vakili. - U faqat iste'molchini nimani iste'mol qilayotganidan xabardor qiladi. Kerakli ma'lumotni olgan iste'molchi shunga qarab sog‘lom ratsionni rejalashtirishi mumkin".
"Rospotrebnadzor" ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar yog‘, tuz va shakarni me'yordan yuqori darajada iste'mol qilishar ekan. 2016 yilda hukumat 2030 yilga qadar oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirish strategiyasini tasdiqladi. U shu jumladan sog‘lom ovqatlanish tamoyillari targ‘ibotini ham ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026