Jamiyat | 19:43 / 02.06.2018
11172
1 daqiqa o‘qiladi

2 iyun kuni Toshkentning uchta masjidida xatmona yakunlanadi

Foto: KUN.UZ

Bugun 2 iyun, Muborak Ramazon oyining 17-kunidir. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidda bu kecha Qur'oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

1. “To‘ra buva” jome masjidi. (Mirzo Ulug‘bek tumani, Sultoniya ko‘chasi, 70a-uy)
Qorilar: Shahobiddin Usmonov, Abdurashid Yunusov, Mirkamol Mirhabibov.

2. “Mevazor ” masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor, “Xonchorbog‘” mahallasi, 10a-uy)
Qorilar: Yorbek Islomov, Vositjon Xolmatov, Abduhamid Abdumajidov.

3. “Masjidul xayr” jome masjidi. (Yunusobod tumani, “Bobodehqon” mahallasi, Mirzaobod ko‘chasi, 74-uy)
Qorilar: Muhammad Isoxon Mahmudxonov.

Mavzuga oid