AQŞ qurolli kuçlari ştablar boşliqlari birlaşgan qömitasi vakili Kennet Makkenzi Suriya prezidenti Başar Asadni Suriyada AQŞ qöşinlariga hujum yuz bersa, bu «yomon ğoyaga» aylanişi haqida ogohlantirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Suriyadagi istalgan manfaatdor tomon şuni tuşunişi kerakki, AQŞ yoki bizning koalitsiya böyiça şeriklarimiz kuçlariga hujum qiliş yomon ğoyaga aylanadi», - deya aytib ötdi Makkenzi.
AQŞ qurolli kuçlari vakili bunday bayonotni Asadning sözlariga javob bergani aytiladi. Avvalroq, Suriya prezidenti mamlakatning butun hududi ustidan nazoratni qaytariş rejalaştirilayotgani haqida ma'lum qilgandi. Suriya yetakçisining ta'kidlaşiça, buni faqat kuç yöli bilan qiliş mumkin, sababi ba'zi hududlarda qurollangan terrorçilik guruhlari bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Asad yangi rejasi haqida ma'lum qilgandi.












