Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda ocharchilikdan aziyat chekayotganlar soni 815 mln nafarga yetdi
Foto: http://content4u.ru/
Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqoti instituti (IFPRI) tomonidan chop etilgan “Ocharchilik global indeksi” dokladiga ko‘ra, 119 ta davlatdan 52 tasida “jiddiy”, “xavotirli” va “o‘ta jiddiy” ocharchilik darajasi qayd qilingan.
Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, ocharchilikdan Markaziy Afrika Respublikasi aholisi aziyat chekmoqda. Bu davlatda siyosiy beqarorlik tufayli og‘ir vaziyat yuzaga kelgan. Bugungi kunda MAR dunyoning eng qashshoq davlatlari sirasiga kiradi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, MAR aholisining gumanitar ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun 130 mln dollarlik yordam talab qilinmoqda.
Shuningdek, oziq-ovqat yetishmasligi bilan bog‘liq o‘ta jiddiy vaziyat Kongoda vujudga kelgan. Ushbu davlatning Kasai viloyatidagi zo‘ravonlik va to‘qnashuvlar sababli 2016 yil avgustidan beri oziq-ovqat yetishmasligidan 3,8 mln kishi aziyat chekkan. YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, Kasaidagi 770 mingdan ko‘proq bola to‘yib ovqat yemaydi, 400 ming bola esa ocharchilikdan o‘lish yoqasida turibdi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti jahon hamjamiyatini 26 ta davlatdagi och-nahorlarga bir milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatishga chaqirgan.
Mavzuga oid
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026