Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bitiruvchilar kasb mahorati taqdimoti va mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi - foto
Samarqandda 1 iyun —Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 2018 yil 31 may kuni Samarqand pedagogika kollejida «Bolajonlar dunyosi» ko‘rgazmasi hamda «Men bo‘lajak tarbiyachi» shiori ostida maktabgacha ta'lim yo‘nalishidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining «Kasb mahorati» taqdimotlari o‘tkazildi.
570 nafar davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari mudirlari hamda 500 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari taklif etilgan tadbirda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga mo‘ljallangan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda «Kitob olami» savdo do‘koni o‘z kitoblari bilan ishtirok etdi.
Kasb-hunar kollejlari «Maktabgacha ta'lim» yo‘nalishidagi bitiruvchilarining bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan o‘quv-amaliy kasb mahorati taqdimotlari hamda maktabgacha ta'lim muassasalarida jajji bolajonlar uchun to‘garaklar (ingliz tili, gimnastika, yakka kurashlar va raqs) faoliyatidan lavhalar, kasb-hunar kollejlarining «Oshpazlik», «Tikuv va trikotaj buyumlari ishlab chiqarish», «Oziq-ovqat texnologiyasi» hamda «Hamshiralik ishi» yo‘nalishlari bitiruvchilari tomonidan o‘zlarining kasb-mahoratlarini namoyish qildilar.
Shu bilan birga, tadbirga 40 nafardan ziyod tadbirkor va ishbilarmonlar taklif etildi. Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, yumshoq va qattiq mebel jihozlari hamda sanitar-gigiyenik mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish qilindi.
Tadbir davomida, viloyatdagi tuman va shaharlar maktabgacha ta'lim bo‘limlarining«Ekspluatatsiya xizmati»ga ajratilgan «Damas» avtomashinalarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishtirokida konsert dasturi tayyorlandi hamda namoyish qilindi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025